Osiyo Kubogi—2023 mezbonligi uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi
Hozircha 4 ta mamlakat musobaqaga mezbonlik qlish istagini bildirgan.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) tashkilotga aʼzo to‘rtta assotsiatsiyadan Osiyo Kubogi—2023 musobaqasi mezbonligi uchun bildirishnoma oldi. Bu haqida OFK rasmiy sayti maʼlum qildi.
Avstraliya, Indoneziya, Janubiy Koreya va Qatar Osiyo Kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish istagini bildirishgan. Osiyo Kubogi—2023 ga mezbonlik qilish bo‘yicha hujjatlarni taqdim etish 17 iyundan boshlab 31 avgustga qadar davom etadi.
2022 yil 17 oktyabr sanasida OFK Ijroiya qo‘mitasi tomonidan 24 jamoa ishtirok etadigan musobaqa mezboni nomi eʼlon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi—2023 musobaqasi Xitoyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Ammo mamlakatdagi SOVID-19 pandemiyasi sabab OFK musobaqa Xitoyda o‘tkazilmasligini maʼlum qilgandi.
Maʼlumot o‘rnida: ushbu musobaqa 2023 yilning 16 iyundan 16 iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi.







