Qoraqalpog‘istondagi vaziyat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berildi
Bu bo‘yicha brifing o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklar oqibatida jarohatlangan fuqarolarning yana uch nafari vafot etdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan 274 nafar fuqarolarga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatildi, shundan 16 nafar fuqaro tibbiy muassasalarda qolmoqda.
Ommaviy tartibsizliklar oqibatida jabrlangan shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilayotgani taʼkidlandi. Jumladan, o‘z xizmat burchini bajarayotgan vaqtida tan jarohati olgan 141 nafar huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda sog‘lig‘i va mulkiga zarar yetkazilgan 16 nafar fuqaro jabrlanuvchi deb eʼtirof etildi.
Jinoyat sodir etgan shaxslarni fosh etishga qaratilgan tadbirlar doirasida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, belgilangan tartibda ushlangan fuqarolarning himoya huquqi advokat orqali amalga oshirishi to‘liq taʼminlangan, ularning ushlanganligi va qamoqqa olinganligi hamda saqlanayotgan joyi haqida yaqin qarindoshlariga belgilangan tartibda xabar berilgan.







