Biz himoyani kuchaytirish haqida o‘ylayapmiz — Laporta
“Barselona” prezidenti klubning transfer rejalari haqida gapirdi.

Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti bo‘lgan Laporta polshalik hujumchi Robert Levandovski bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng jamoaning transfer rejalari haqida fikr bildirdi.
“Levandovski bilan kelishuvdan so‘ng biz himoyani kuchaytirish haqida o‘ylayapmiz”, — dedi prezident.
16-iyul kuni Levandovskining “Barselona”ga o‘tishi eʼlon qilingan edi. Transfermarkt xabariga ko‘ra, polyakning transferi kataloniyaliklarga 45 million yevroga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, Levandovski “Bavariya”da 2014-yildan beri to‘p surib kelayotgan edi. Umuman olganda, polshalik hujumchi myunxenliklar safida 375 ta o‘yin o‘tkazib, 344 ta gol urgan va 72 ta golli uzatmani amalga oshirgan.







