Sport

Nunes tanqidlarga uchramoqda

“Liverpul” futbolchini 80 million yevroga sotib olgandi.

Nunes tanqidlarga uchramoqda

 

Hujumchi Darvin Nunesning “Liverpul” klubiga o‘tishi joriy mavsum oralig‘idagi eng qimmat transferlardan biri hisoblanadi. Nufuzli sport jurnalisti Fabritsio Romanoning aytishicha, hujumchi Premyer-ligaga “Benfika” jamoasidan 80 million yevro evaziga o‘tgan. Futbolchiga yana 20 million yevrolik pul bonuslar ko‘rinishida taqdim etilgan. Ammo mavsum boshlanishidan oldin futbolchi ochiqchasiga “Liverpul” muxlislarini hafsalasi pir qildi. Ishqibozlar uni ijtimoiy tarmoqlarda masxara qilishdi.

 

Yaqinda “Liverpul” mavsumoldi safarini boshladi va o‘rtoqlik o‘yinlariga tayyorgarlikni o‘tkazdi. Bangkokdagi birinchi mashg‘ulotda Nunes tomoshabinlarni xursand qildi. Dastlab u darvozaga yo‘llagan ajoyib zarbalari bilan ko‘pchilikning eʼtiboriga tushdi. Biroq bir necha marta sheriklarining uzatmasidan keyin esa to‘pni umuman qabul qila olmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa darhol futbolchiga nisbatan keskin fikrlar paydo bo‘ldi.

 

Nunesning omadsizliklari ertasi kuni ham davom etdi. Shu kuni “Liverpul” “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Klopp shogirdlari ushbu uchrashuvda 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Mazkur bahsda ham futbolchi bir qancha imkoniyatlarni yo‘qqa chiqarishdi. “Kristal Pelas”ga qarshi kechgan o‘yinda ham Nunes muxlislar tanqidiga duch keldi. Ushbu uchrashuvdan keyin ham vaziyat yana-da yomonlashdi. Darvinga omad kulib boqmadi va ko‘ngildagidek o‘yin ko‘rsata olmadi. Shunda ijtimoiy tarmoqda ishqibozlar futbolchining jamoadan ketishini va bu juda omadsiz transfer bo‘lganini hamda klub pulini qaytarib berishini talab qilishdi. Bosh murabbiy Yurgen Klopp esa Nunesni himoya qildi. U hujumchining maydondagi birinchi o‘yinlaridan keyin yakuniy xulosa chiqarishmaslikka chaqirdi:

 

“Darvin “Liverpul” bilan bir necha kundan beri mashg‘ulot o‘tkazdi va birinchi mashg‘ulotlarda oyoqlarida biroz jarohatlar paydo bo‘ldi. Menimcha, bu hamma futbolchilarda sodir bo‘ladigan jarayon. Darvin o‘z ustida ishlab, biz istagan darajaga chiqa oladi deb bemalol ayta olaman”.

 

23 yoshli hujumchi uchun yangi klubiga moslashib ketishi biroz qiyin kechmoqda. U Portugaliya futboli tarixidagi eng qimmat transfer maqomiga ega bo‘lib turibdi. Darvin so‘nggi ikki mavsumda 84 ta o‘yin o‘tkazib, 47 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.  Shu bois, Nunes yangi klubiga moslashib ketishi uchun albatta vaqt kerak bo‘ladi.

 

Darvinning o‘zi shu paytgacha tanqidga juda xotirjam munosabatda bo‘lgan. U ijtimoiy tarmoqlarda bitta xabar qoldirdi. Futbolchi tabassum bilan muxlislarga xotirjam bo‘lishlarini so‘ragan.

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Nunes tanqidlarga uchramoqda | Zamon.uz