Ta'lim

Toshkentda yana bir xalqaro universitet ochilishi mumkin

Qurilish ishlari yakunlangunga qadar universitet Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga vaqtinchalik bepul joylashtiriladi.

Toshkentda yana bir xalqaro universitet ochilishi mumkin

 

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi «Toshkent dizayn va moda xalqaro universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

 

Qaror bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining «Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari texnologiyasi)», “Dizayn” yo‘nalishidagi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari hamda Parij xalqaro moda universiteti bilan qo‘shma fakultet negizida Toshkent dizayn va moda xalqaro universitetini tashkil etishga rozilik berilishi mumkin.

 

Universitetda taʼlim jarayonlari Parij xalqaro moda universiteti (Fransiya), Markaziy Lankshir universiteti (Buyuk Britaniya), Koreya politexnika universiteti (Janubiy Koreya), Yevropa dizayn instituti (Italiya) va boshqa nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan xalqaro standartlar asosida tashkil etish choralarini ko‘riladi.

 

Qayd etilishicha, oliygohda 10 ta bakalavriat, shundan 3 tasi qo‘shma taʼlim dasturi bo‘yicha, 6 ta magistratura mutaxassisligi, shundan 2 tasi qo‘shma taʼlim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Parij xalqaro moda universiteti bilan qo‘shma fakultetda taʼlim olayotgan talabalar 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab universitetda o‘qishni davom ettiradi.

 

Qurilish ishlari yakunlangunga qadar universitet Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga vaqtinchalik bepul joylashtiriladi.

 

Shuningdek, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Toshkent shahri, Abdulla Qahhor ko‘chasi, 1A-uy manzilidagi talabalar turar joyi binosi universitetga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

 

Universitetga quyidagi huquqlar beriladi:

  • xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy oliy taʼlim muassasasining dasturi asosida o‘z taʼlim dasturlarini shakllantirish;

  • ish beruvchilar talablarini inobatga olgan holda o‘quv rejalaridagi nazariy taʼlim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashg‘ulotlar hajmini oshirish va ularni bevosita ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etish;

  • xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik maosh hamda boshqa to‘lovlarni belgilash va to‘lash;

  • professor-o‘qituvchilarni o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari va “ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha bajargan ishlarining natijasi bo‘yicha rag‘batlantirib borish.

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.