La Liganing eng ko‘p daromad topuvchi futbolchilari?
Ular asosan “Real” va “Barsa” o‘yinchilari.

Ispaniyaning ikki grand klublari – “Barselona” va “Real Madrid” o‘z futbolchilariga maosh belgilashda yaqqol peshqadam hisoblanadi. Garcha “Barselona” moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan bo‘lishiga qaramay, klub futbolchilarga katta oylik to‘lamoqda. Quyida jamoalarning eng ko‘p daromad oladigan futbolchilariga to‘xtalamiz.
Brahim Diaz - 750 million yevro
Bunday katta miqdor Diazning shartnomasida 2019 yili, u endigina “Manchester Siti”dan ko‘chib o‘tayotganida ko‘rsatilgan edi.
Antuan Grizmann - 800 million yevro
Futbolchi “Atletiko”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgandan so‘ng (120 million yevro) Grizmann shartnomasida mana shunday yuqori maosh belgilangandi.
David Alaba - 850 million yevro
“Bavariya”dan “Real”ga o‘tganidan so‘ng Alabaning shartnomasida katta miqdorda tovon puli bor edi.
Federiko Valverde - 1 milliard yevro
2021 yilda “Real Madrid” bilan shartnomani qayta imzolash orqali Valverde 1 milliard yevro daromadga ega bo‘ldi.
Pedri - 1 milliard yevro
Hozirda ispaniyalik futbolchining maksimal ko‘rsatkichlaridan so‘ng uning daromadi mana shunday ko‘rinishga ega.
Ansu Fati - 1 milliard yevro
“Barselona”ning eng yosh futbolchilaridan biri klubning daromadi ko‘p o‘yinchilari qatoridan joy olgan.
Karim Benzema – 1 milliard yevro
“Real Madrid”ning asosiy yulduzi juda katta maoshga ega hisoblanadi. To‘g‘ri, hozir Benzema 34 yoshda ammo bu holat uning oyligiga hech qanday taʼsir o‘tkazgani yo‘q.
Ronald Arauxo - 1 milliard yevro
Yaqinda himoyachi “Barselona” bilan yangi shartnoma imzoladi, unda jamoaning boshqa yosh yulduzlari - Fati va Pedri kabi yuqori maosh olishi ko‘rsatilgan.
Vinisius - 1 milliard yevro
2022 yilning yozida Vinitsius “Real” bilan shartnomasini uzaytirdi. Oldinroq uning shartnomada juda katta summasi bor edi (700 million yevro), ammo hozir uning daromadi milliarddan oshib ketdi.
Ferran Torres - 1 milliard yevro
“Barsa”ning mana shu qishki transferi 1 milliard yevroga teng hisoblanadi.







