Sport

Dunyoning eng sovrindor futbolchisi yangi jamoaga o‘tdi

U Kataloniya klubini tark etdi.

Dunyoning eng sovrindor futbolchisi yangi jamoaga o‘tdi

 

Dunyoning eng nomdor futbolchilaridan biri Dani Alves “Barselona”ni yana tark etdi. Braziyalik Meksikaning “Pumas” klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

 

Dani allaqachon 39 yoshni qarshi oldi. Lekin u hali ham Braziliya terma jamoasi sardori hamda JCH-2022 favoritlaridan biri hisoblanadi. Selesao Tite esa Danining terma jamoada faoliyatini davom ettirishini va Qatardagi jahon chempionatiga borishini istayotganini maʼlum qildi. Uning fikricha futbolchi jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri, bundan tashqari Neymarning o‘yinini nazorat qilish vazifasini bajaradi.

 

O‘tgan yilning noyabr oyida Alves Xavining taklifi bilan “Barselona”ga qaytdi. Ochig‘i, klub bosh murabbiyiga o‘sha qiyin davrda mana shunday yetakchi kerak edi. Braziliyalik futbolchi Ispaniya chempionati futbolchisiga to‘lanishi mumkin bo‘lgan minimal maoshga rozi bo‘ldi. U yiliga 155 000 yevro oylik oldi.

 

Alves bu davr mobaynida 15 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ayniqsa, uning fevral oyida “Atletiko” bilan o‘yinda 1+1 hisobini qayd etdi va ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida maydonni tark etdi. Braziliyalik futbolchi “Barsa” safida Ispaniya chempionatida o‘ynagan eng keksa futbolchiga aylanib, klub rekordini yangiladi. Avval klubda bu yoshda hech kim gol urmagan. O‘shanda Kataloniya jamoasi tarkibida Dani 1000-uchrashuvini o‘tkazdi.

 

Biroq “Barsa” Alves bilan shartnomani uzaytirmadi. Braziliyalik futbolchi yana bir mavsum qolishga umid qilgan. Hamda mish-mishlarga qaraganda jamoa rahbariyati 2022-yilgi jahon chempionatidan keyin shartnoma shartlarini ko‘rib chiqishga rozi bo‘lgan. Ammo, kataloniyaliklar sobiq futbolchining o‘rniga yana bir o‘ng qanot himoyachisi Sezar Aspilikuetani sotib oldi.

Dani esa klubdan ketishi haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

 

“Men jamoani g‘amgin holda tark etmayman. Besh yildan so‘ng klubga yana qaytaman deb o‘ylamagandim. O‘tgan yili klubga kelganimda yana avvalgidek o‘ynab keta olishimga ishonmagandim. Biroq, jamoada ajoyib o‘yinlar ko‘rsata oldim deb o‘ylayman. Meni klubga qaytargan Xavi va prezidentga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Ayni damda “Barselona” ko‘rsatkichlarini yaxshilashi kerak”.

 

Bir qator OAVlar Alves Ispaniya chempionatida qolishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi. Ular “Valyadolid” va “Mallorca” variantlari haqida yozishdi.

 

Shunda Tite terma jamoa sardorining oldiga shart qo‘ydi: JCH-2022ga borish uchun u o‘ziga klub topishi kerak.

 

Yakunda Dani Meksika klubini tanladi. Hamda ularning taklifiga rozi bo‘ldi.

 

Mexiko shahrining “Pumas” klubi yetti karra mamlakat chempioni hisoblanadi. Taniqli futbolchilardan bu jamoada Alvesdan tashqari sobiq “Benfika” vingeri Eduardo Salvio ham o‘ynaydi.

 

Alvesda shunchalik ko‘p sovrinlar borki, siz bu hisobda adashishingiz mumkin. Kimlardir ularning sonini 46 dona deb o‘ylaydi, boshqalar esa 42 ta deb taxmin qiladi.

 

2001ғyilda “Nordest” kubogi va “Bahian” jamoasi safidagi g‘alaba, Braziliya yoshlar terma jamoasi bilan jahon chempionatining oltin medali va 2018 yilda Fransiya Superkubogi shular jumlasidan. Braziliyalik mukofotlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi bo‘lib qolmoqda. Uning do‘sti Lionel Messi 40 sovrinni ega hisoblanadi. Bu hujumchiga Danining rekordini yangilash imkonini beradi.

 

Jamshidbek Amirov

Dunyoning eng sovrindor futbolchisi yangi jamoaga o‘tdi | Zamon.uz