Eng dolzarb

Toshkentda “Tolibon” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Shuningdek, toliblar TIV rahbari bilan ham uchrashgan.

Toshkentda “Tolibon” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

25 iyul kuni Toshkentda bo‘lib turgan “Tolibon” delegatsiyasi O‘zbekiston tomoni bilan uchrashdi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi.

 

Toliblar tomonidan tashqi ishlar v.b. Amir Xon Mutaqqiy, moliya vaziri v.b. Xidoyatullo Badri ishtirok etgan. O‘zbekiston tomonidan Abdulaliz Komilov va Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev muloqot olib borgan.

 

Muzokaralarda infratuzilmaviy loyihalar, jumladan, Transafg‘on temiryo‘li masalasi ko‘rib chiqilgan.

 

Bundan tashqari, O‘zbekiston tashqi ishlar V.b. Vladimir Norov ham toliblar delegatsiyasini qabul qilgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2022-yil 25-26 iyul kunlari Toshkent shahrida “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

 

Unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:

 

—Afg‘oniston yo‘nalishida xalqaro hamjamiyatning muvofiqlashtirilgan harakatlarini, ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishi, afg‘on xalqiga shoshilinch gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish; 

—Afg‘oniston yangi hukumati tomonidan jahon hamjamiyatining asosiy talablarini (keng vakillik asosida hukumat tuzish, xotin-qizlar huquqlariga rioya qilish va qizlarning to‘laqonli maktab taʼlimi olishini taʼminlash) bajarish jarayonini tezlashtirish masalasida xalqaro samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish. Bu Afg‘onistondagi milliy yarashuv jarayonini oxiriga yetkazishning asosiy sharti bo‘ladi;

—Afg‘oniston Muvaqqat hukumati tomonidan ushbu mamlakat hududidan qo‘shni davlatlar, mintaqaning boshqa davlatlari va butun dunyo xavfsizligi manfaatlariga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha olgan majburiyatlarni tasdiqlash;

—Afg‘onistonning chet eldagi moliyaviy aktivlariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish, shuningdek, mamlakat hududida transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish muhimligini tushuntirish.

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"