Dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari
“Golden Boy—2022” sovriniga kim munosib?

Bir oy oldin "Tuttosport" nashri Yevropaning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini uchun kurashayotgan 100 nafar futbolchi ro‘yxatini eʼlon qildi. “Chempionat” nashri esa “Golden Boy– 2022" sovrini uchun 100 ta futbolchi orasidan yettita eng yaxshi nomzodni aniqladi.
Jude Bellingem, “Borussiya Dortmund”
Bellingxem ro‘yxatdagi eng qimmat futbolchi bo‘ldi. Uning narxi 80 mln yevroga baholangan. U 2021/2022-yilgi mavsumda “Borussiya” safida 46 ta o‘yindan 44 ta bahsda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ushbu yozda yarim himoyachiga “Real”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” jamoalari qiziqish bildirgan. Biroq "Bild" nashrining xabariga ko‘ra, “Borussiya” o‘z futbolchisini 120 million yevrodan kamiga sotmaydi. Jude “Golden Boy” ning favoritlaridan biri hisoblanadi. “Borussiya”da avvval bu sovrinni Erling Holand qo‘lga kiritgan.
Jamol Mutsiala, “Bavariya”
19 yoshli hujumkor yarim himoyachi 2021/2022-yilgi mavsumda 40 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq asosiy tarkibdan ko‘ra ko‘proq zahirada o‘tirdi. Shunga qaramay, Mutsiala nafaqat chempionlik va Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. U “gol+pas” tizimida 8+6 natija qayd etdi va Bundesligada 50 ta o‘yin o‘tkazgan “Bavariya”ning eng yosh futbolchisiga aylandi.
Gavi, “Barselona”
Gavi “Barselona”ning umidli futbolchilaridan biri hisoblanadi. Ispaniyalik futbolchi 2021/2022 yilgi mavsumda u klub safida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Bu vaqt ichida u bir nechta rekordlarni yangilay oldi. Gavining “Barselona” bilan shartnomasi 2023-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Marca” xabariga ko‘ra, 17 yoshli futbolchining tovon puli 1 milliard yevroni tashkil qiladi.
Eduardo Kamavingo, “Real Madrid”
Garchi Kamavinga Ispaniya chempionligi, Superkubogi va Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan bo‘lsa-da, uning nominatsiyada g‘alaba qozonish imkoniyati u qadar yuqori emas. Birinchidan, fransiyalik futbolchi 2021/2022-yilgi mavsumda asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi. Agar Eduard sovrin sohibi bo‘lishga muvaffaq bo‘lsa, katta ehtimol bilan bunga “Real Madrid” bilan qo‘lga kiritilgan sovrinlar sabab bo‘ladi.
Karim Adeyemi, “Borussiya D”
Adeyemi Holandning izidan bormoqda. Shu yozda u Dortmundning “Borussiya” klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. “Red Bull Salzburg” safida hujumchi barcha musobaqalarda 44 o‘yinda 23 ta gol urgan va endi norvegiyalik futbolchining o‘rnini bosishi kerak bo‘ladi. Avstriya klubi bilan birgalikda Karim chempion bo‘ldi va mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Aytgancha, Adeyemi 2021 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati g‘olibi hisoblanadi.
Rayan Gravenberch, “Bavariya”
20 yoshida Gravenberch “Ayaks” tarkibida 100 dan ortiq o‘yinni yuqori saviyada o‘tkazgan. Shu bilan birga, markaziy yarim himoyachi mavsum oxirida koronavirus va to‘pig‘idagi jarohati bo‘lmaganida yana bir necha o‘yin o‘tkazishi mumkin edi. Gollandiyalik futbolchi allaqachon uch karra mamlakat chempioni va ikki karra Gollandiya kubogi sohibi bo‘lgan.
Yoshko Gvardiol, “RB Leypsig”
“Leypsig”dagi mavsum Gvardiol uchun omadli keldi: u jamoadagi asosiy himoyachi aylandi. Deyarli 50 ta o‘yin o‘tkazdi va Germaniya kubogini qo‘lga kiritdi. Bu yozda bir nechta klublar Joshkoga qiziqish bildirmoqda. “Tottenhem”, “Barselona” va “Chelsi” shu jumlasidan. Ammo hozirda “Leypsig” uni qo‘yib yuborish haqida o‘ylagani yo‘q.
Jamshidbek Amirov







