“Yuventus” Depayga qiziqish bildirmoqda
“Barselona” futbolchini sotmoqchi.

“Barselona” hujumchisi Memfis Depay yozgi transfer oynasida “Yuventus”ga o‘tishi mumkin. Italiya klubi 28 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Football Espana” nashri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, “Barselona” Robert Levandovski va Rafinyani sotib olganidan so‘ng Depayni boshqa klubga sotmoqchi. Jamoa rahbariyati Gollandiya terma jamoasi futbolchisini kamida 20 million yevroga sotishga qarshi emas.
Depay “Barselona”ga 2021 yilning yozida jamoaga erkin agent sifatida qo‘shilgan edi. O‘shandan beri 37 ta o‘yinda Memfis 13 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2023 yilning yozida yakuniga yetadi.







