“Barsa”da moliyaviy islohotlar davom etadi
Klub o‘z futbolchilaridan qarzdor bo‘lib qolmoqda.

“Barselona” televideniya huquqining yana bir qismini “Sixth Street” investitsiya kompaniyasiga topshirdi. O‘tgan hafta klub hujjatlarni imzoladi, unga ko‘ra kompaniya jamoaga 400 million yevro beradi. Shunda 25 yil evaziga ular televideniya huquqlarining 15 foizini qo‘lga kiritadi. Avvalroq, kataloniyaliklar bu fondga 10% ni 207,5 million yevroga sotgan edi. Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta kelishuvni “ikkinchi iqtisodiy dastakning faollashuvi” deb atamoqda. Uning maqsadi qarzlardan qutulish uchun klubning moliyaviy ahvolini mustahkamlash. Biroq, yangi o‘yinchilarni sotib olish uchun jamoaga yana pul kerak bo‘ladi. Bu borada “Barsa”ga (klub uchun ijodiy mahsulotlar yaratuvchi kompaniya) 49% huquqlarni sotadi. Ayni damda klubga taxminan 100 million yevro kerak va bu mablag‘ La Liga boshlanishidan oldin olinishi kerak.
Ispaniyaning “Cope” nashriga ko‘ra, “Barsa”ga yangi kelgan futbolchilarning maoshini yaxshilash uchun yana-da ko‘proq mablag‘ zarur. Klubning iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktori Eduard Romeuning aytishicha, Laporta bu yozda jamoaga qo‘shilgan yangi futbolchilardan tashqari (Robert Levandovski, Rafinya, Andreas Kristensen, Frank Kese) qo‘shimcha ravishda transferlar uchun yana 200 million yevro sarflamoqchi. “Barsa” prezidentining niyatlari oddiy. U futbolchilardan to‘g‘ri foydalanishni ko‘zlamoqda. Garchi bu kelajak haqida qayg‘urishga arziydi. Andreas Kristensen va Frank Kessiyer “Barselona”ga erkin agent sifatida qo‘shildi. Bu kutilgan holat edi. “Barsa” Robert Levandovski uchun 45 million yevro, Rafinyaga esa 59 million yevro sarflagan. Moliyaviy ahvolning ayanchliligi hisobga olingan taqdirda ham, jamoaga yangi kelganlar yaxshi natijalarga undashi aniq.
Frenki de Yong va Memfis Depay ayni damda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar safida turibdi. Bir tomondan qaralsa, “Barsa” ulardan qutulmoqchidek, ammo hozircha bu qaror klub rahbariyatining rejasida yo‘q. De Yong “Manchester Yunayted”ga umuman o‘tishni istamayapti. “Chelsi” varianti ham bor edi. “AS” nashri xabariga ko‘ra, Xavi allaqachon futbolchini zahirada qoldirish va maoshining yarmini qisqartirishga rozi bo‘lishini talab qilgan. Hozirda futbolchilardan ularning oyliklarini qisqartirilishi so‘ralmoqda. Ammo, jamoaga yangi qo‘shilganlar uchun 100 million yevrodan ko‘proq mablag‘ sarflandi. Depay “Tottenhem”ning taklifini rad etdi. Hujumchi butun mavsum davomida zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishidan qo‘rqmayapti. “Diaro Sport” nashrining xabariga ko‘ra, Memfis sovrinlar uchun kurasha oladigan top-klubga o‘tishga rozi. “Barselona” De Yong va Depay uchun kamida 100 million yevro olishni rejalashtirgan. Bu niyat amalga oshmay qolishi mumkin. Top jamoalar ikki futbolchi uchun bu miqdorda pul sarflashga tayyor emas.
De Yongga kelsak, avvalo, yarim himoyachi oldidagi qarzdorlik masalasini hal qilish kerak. “Barselona”ning undan 20 million yevro qarzi bor. Futbolchining 16 million yevro maoshi koronavirus pandemiyasi tufayli kechiktirilgan. Aynan mana shu faktor ham futbolchining “Manchester Yunayted”ga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqda. “Barsa” nafaqat De Yongdan, balki jamoadagi deyarli barcha o‘yinchilardan qarzdor. Hatto maoshlarning umumiy qisqartirilishi ham buning yechimi bo‘lolmaydi. Usmon Dembele shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytirib, maoshini 40 foizga kamaytirdi. Shartnomada yaxshi bonuslar ko‘zda tutilgan. Serxi Roberto allaqachon o‘zining maoshini sezilarli darajada qisqartirgan, soliqlar 12 million yevrodan 5 million yevrogacha tushirilgan. Shu bilan birga, “Barsa” yangi o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ayni damda asosiy maqsad “Sevilya” himoyachisi Jyul Kunde. Buning uchun klub kamida 50 million yevro va bonuslarni to‘lashi kerak. “Barsa” “Chelsi”dan Rafinya borasidagi raqobatda ustun keldi. Shu boisdan ham London klubi o‘zining gina-kuduratini saqlab qoldi. Shuning uchun kataloniyaliklar “Chelsi” bilan Sezar Aspilikueta va Markos Alonsoning transferi borasida kelisha olishmayapti. “Barsa” allaqachon Aspilikuete va Alonsoning o‘rnini bosadigan boshqa o‘yinchilarni topib bo‘lgan.
Klub Xavi Galan (“Selta”), Pau Torres (“Vilyarreal”) va Inigo Martines (“Atletik”) bilan shartnoma imzolamoqchi. Hozircha “Barsa” faqat Torres uchun pul to‘lashga tayyor, Galan va Martines bo‘yicha muzokaralarda ularning narxini tushirishga harakat qilmoqda. Ayni paytda jamoa himoyasida Jerard Pike, Erik Garsiya, Ronald Arauxolar bor. Shu bois, 31 yoshli Martinesning ehtimoliy transferi savollar tug‘dirmoqda. “Barsa” himoya chizig‘iga 100 million yevro sarflamoqchi. “Barsa”ning hozirgi strategiyasi yana moliyaviy halokatga olib kelishi mumkin. Klub Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan taqdirda ham mukofot pullari uning transfer xarajatlarini qoplamaydi. La Ligada esa “Real”ni ortda qoldirish vazifasi muammoli ko‘rinadi. Klub yangi o‘yinchilarni sotib olish va ularni sotish o‘rtasida muvozanatni saqlashi kerak. Kataloniyaliklar oldida “Arsenal” yo‘lidan borish varianti bor edi - yoshlarga sarmoya kiritish, bir necha yil katta sovrinlar uchun kurashishdan voz kechish hamda to‘lov balansini tartibga solish. Ammo, Laporta barcha musobaqalarda g‘alaba qozonishni istaydi. Shuning uchun klub imkon qadar tezroq o‘yinchilarni sotish bilan shug‘ullanishi kerak.
Jamshidbek Amirov







