Sport

“Chelsi” hali o‘zgarishlarga muhtoj

Tomas Tuxelning transferlardan ko‘ngli to‘q emas.

“Chelsi” hali o‘zgarishlarga muhtoj

 

Londonning “Chelsi” klubida hammasi joyida emas. Bir necha oy oldin Tomas Tuxel jamoasi yangi mavsumda “Manchester Siti” va “Liverpul” bilan raqobatlasha oladigan Angliyada uchinchi kuchdek tuyulardi. Ammo ayni kunlarda klubda muammolar boshlandi. Ayniqsa, “Arsenal”ga uchralgan 4:0 hisobidagi mag‘lubiyat Tomas Tuxelning rejalarini o‘zgartirib yubordi. “Arsenal” bilan o‘yindan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Tuxel hali qilinadigan ishlar talay ekanini taʼkidladi:

 

“Men jamoamning o‘yinidan umuman qoniqmadim. Biz mag‘lubiyatga loyiqmiz. Bu adolatli bo‘ldi. Chunki biz yetarli darajada yaxshi o‘ynamadik. “Arsenal” har bir bahsga jismoniy va ruhiy jihatdan ancha yaxshi tayyorlangani meni xavotirga solmoqda”.

 

 

Murabbiy klubda darhol yangi o‘zgarishlarni amalga oshirish kerakligi haqida gapirgan. Sababi, bu holat keyingi mavsumda yaxshi natijalar ko‘rsatishga imkon bermasligi mumkin:

 

“Menimcha, bu o‘yinda “Arsenal” o‘zining eng yaxshi tarkibi bilan o‘ynadi. Ular Premyer-liganing yangi mavsumida sovrinli o‘rinlar uchun kurashishga harakat qiladi. Lekin, bugungi bahsda biz kuchli tarkib bilan o‘ynamadik. Biroq boshqa omillar ham tashvishga solmoqda. “Arsenal” shunchalik fidoyilik va jismoniy tayyorgarlik darajasida o‘ynadiki, biz unga tenglasha olmadik. Psixologik omil ham o‘z rolini o‘ynadi va bizning zaifligimiz sezilib qoldi. Chunki ko‘plab futbolchilarimiz ketish haqida o‘ylashmoqda va boshqa variantlarni izlashmoqda. Menimcha bu muammo haqida jiddiy o‘ylashimiz kerak. Bu o‘yin mening qarashlarimga hech qanday taʼsir ko‘rsatmadi. Men xato qilishni afzal ko‘raman va jamoaning rivoji uchun bor imkoniyatimni ishga solaman. O‘tgan mavsum bir qancha muammolar ichida qoldik. O‘shanda bizga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilgandi, baʼzi o‘yinchilar ketishdi, boshqalari hozir ham shuni harakatini qilishmoqda. Shu bois, yaxshi o‘yinchilarni zudlik bilan qidiryapmiz”.

 

 

Nega Tuxel “Chelsi” tarkibidan norozi?

 

Murabbiyning xavotirlarini tushunish mumkin. “Chelsi” yozda qanot himoyachisi Rahim Sterling va himoyachi Kalidu Kulibalini sotib oldi. Bundan tashqari o‘tgan mavsumda “Kristal Pelas”da ijara asosida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan iqtidorli yarim himoyachi Konor Gallager klubga qaytib keldi.

 

Ammo londonliklar bir qancha yo‘qotishlarga uchradi. Romelu Lukaku, Antonio Ryudiger va Andreas Kristensen shular jumlasidan. Jamoaga yangi qo‘shilgan o‘yinchilar yuqorida sanab o‘tilgan futbolchilarning o‘rnini to‘ldirishgani yo‘q. Lukaku “Chelsi”ga qaytganidan so‘ng kutilgan natija bermadi. Shundan so‘ng u “Inter”ga ijara asosida o‘tdi. “Chelsi”da hozirda uning o‘rnini bosadigan hech kim yo‘q. Ryudiger va Kristensen jamoa bilan shartnomalari tugagach tekinga ketishdi. Antonio “Real”ga o‘tgan bo‘lsa, Andreas “Barselona” futbolchisiga aylandi.

 

Londonliklarning sardori Sezar Azpilikueta ham “Barselona”ga o‘tishga yaqin turibdi. Himoyachining shartnomasi keyingi yozda tugaydi. Ispan jamoasi Aspilikuetani 5 million yevroga  sotib olishga rozi bo‘lgan. Ammo Tuxel o‘z futbolchisi bilan xayrlashmoqchi emas.

 

“Chelsi” himoyadagi yo‘qotishlardan keyin bu chiziqni to‘ldirish yo‘lini izlamoqda. Klub bir qancha futbolchilar bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

 

“Aristokratlar” “PSJ”dan Presnel Kimpembe va “Sevilya”dan Jyul Kundeni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishi mumkin. Agar Tomas Tuxel o‘z rejalarini amalga oshirolmasa, keyingi mavsum jamoa uchun omadsiz o‘tish ehtimoli mavjud.

Jamshidbek Amirov

custom img

Erondagi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarining ahvoli qanday?

Maʼlumotlarga ko‘ra, ular notinch vaziyat sababli Eronni vaqtincha tark etyapti.

custom img

Eron rasman Jahon chempionatini tark etdi

Hukumat sportchilarning Jahon chempionatiga borish xavfini o‘z zimmasiga olmasligini bildirdi.

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

“Chelsi” hali o‘zgarishlarga muhtoj