Sport

“Lester” Fofana bilan xayrlashishga tayyor

Klub futbolchini 70 million yevroga sotmoqchi.

“Lester” Fofana bilan xayrlashishga tayyor

 

“CBS” nashri jurnalisti Ben Jeykobsga ko‘ra, “Lester Siti” himoyachi Uesli Fofana bilan xayrlashishga tayyor.

 

Manbaga ko‘ra, “tulkilar” kamida 70 million yevrolik takliflarni ko‘rib chiqadi. Londonning “Chelsi” klubi himoyachiga qiziqish bildirmoqda. Klub “Sevilya”dan Jyul Kundeni sotib olish borasidagi kelishuvga erisha olmasligi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 15-mayida Uesli “Sent-Eten” bilan ilk professional shartnomasini imzolagandi. U 2020-yildan beri “Lester” futbolchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda u jamoa safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 42 million yevroga deb baholamoqda.

 

“Lester” Fofana bilan xayrlashishga tayyor | Zamon.uz