Aleks Fergyuson “Manchester Yunayted”ga qaytadi
U klubda maslahatchi lavozimida ish boshlaydi.

“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson jamoaga qaytadi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, shotlandiyalik murabbiy klub bosh direktori Richard Arnoldning maslahatchisiga aylanadi.
Fergyusonga qaror qabul qilishda “Manchester Yunayted”ning sobiq sardori Brayan Robson, klubning sobiq sport direktori Jon Mertou va klubning sobiq ijrochi direktori Devid Gillning o‘rni bor.
Eslatib o‘tamiz, Aleks Fergyuson “Manchester Yunayted”ni 1986 yildan 2013 yilgacha boshqargan. Mutaxassis Britaniya futboli tarixida eng ko‘p mukofotni qo‘lga kiritgan murabbiy hisoblanadi.







