Bu taklifdan voz kechganman — Xavi
“Barsa” murabbiyi Messi haqida gapirdi.

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi “PSJ” hujumchisi Lionel Messining yana jamoaga qaytishi mumkinligi haqida fikr bildirdi:
“Men allaqachon Messini jamoaga taklif qilish variantidan voz kechganman. Menimcha uning “Barselona”dagi futbolchilik faoliyati tugagan. Shuningdek, Messining boshqa klub bilan shartnomasi bor”, — deya “Marca” nashri Xavining so‘zlaridan iqtbos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Messi 2005-yildan 2021-yilgacha “Barselona” jamoasida o‘ynagan. Bu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 776 ta o‘yin o‘tkazib, 670 ta gol va 302 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
2021-yilda Messi “Barselona”ni tark etib, “PSJ”ga o‘tdi.Uning parijliklar bilan shartnomasi 2023-yilgacha mo‘ljallangan.







