Moskvada o‘zbekistonliklar yonib ketgan xostel egalari hibsga olindi
Tergov fojia sabablarining turli versiyalarini tekshirmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi bosh boshqarmasining xabar berishicha, ular xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatishda gumon qilinmoqda.
Tashkilotning 55 yoshli asoschisi va 24 yoshli rahbariga nisbatan ayblov eʼlon qilinadi.
Tergov fojia sabablarining turli versiyalarini tekshirmoqda. Asosiy sabablardan biri elektr simlaridagi nosozlik ekani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva shahrida yong‘in sodir bo‘lgani, qkrbonlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi haqida xabar berilgandi.







