Ta'lim

Nurdumda yangi bog‘cha ishga tushdi

Uning qurilishiga 1 milliard 331 million so‘m sarflangan.

Nurdumda yangi bog‘cha ishga tushdi

 

Bugun Samarqand viloyati Nurobod tumanida joylashgan Nurdum qishlog‘ida yangi bog‘cha rasman ochildi. Shu munosabat bilan yangi bunyod etilgan 21-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda tuman hokimi Sh. Yuldoshev, sektor rahbarlari va mahalliy aholi vakillari ishtirok etdi.

 

Yangi tashkil etilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti zamonaviy mebellar, o‘quv-uslubiy, didaktik materiallar hamda turli-xil o‘yinchoqlar bilan jihozlangan.

 

Maʼlumot o‘rnida: ushbu maktabgacha taʼlim tashkiloti 60 o‘rinli bo‘lib, uning qurilishiga viloyat mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan 1 milliard 331 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

 

Shuningdek, Nurdum mahallasida 2 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud bo‘lib, mazkur taʼlim yoshidagi bolalar soni 385 nafarni tashkil etadi.

 

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Nurdumda yangi bog‘cha ishga tushdi | Zamon.uz