O'zbekiston

Prezident qarori bilan “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi

Uning doirasida O‘zbekistonning tarixiy shaharlarida seminar, simpozium va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkaziladi.

Prezident qarori bilan “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi

 

29-iyul kuni “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar berildi. 

 

Qaror bilan turkiy dunyo doirasida “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi.

 

Konsepsiya doirasida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon, Qo‘qon, Termiz va boshqa tarixiy shaharlarda buyuk allomalarning ilmiy va madaniy merosi to‘g‘risida seminar, simpozium, konferensiya, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkaziladi. Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida o‘zaro hamkorlik orqali “Tabarruk ziyorat” brendi yaratiladi.

 

2023-yildan har 2 yilda 1 marotaba:
—may oyining uchinchi dekadasida Marg‘ilon shahrida “Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusida ko‘rgazma va ilmiy-konferensiya;
—iyun oyining birinchi dekadasida “Lavanda” festivali; 
—iyul oyida talabalar va yoshlar uchun Xalqaro “Turksoy” tashkiloti bilan hamkorlikda “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali;
—avgust oyining uchinchi haftasida turkiy davlatlarning tadbirkorlari, OAV, jurnalist va blogerlar uchun “Tabarruk ziyorat” xalqaro mediaturi va uning doirasida “B2B” formatida uchrashuvlar tashkil etiladi.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"