Veynaldum “Roma”ga o‘tishga yaqin turibdi
U “PSJ”ni tark etadi.

“PSJ” va Gollandiya terma jamoasining 31 yoshli yarim himoyachisi Jorjinyo Veynaldum tez orada ijara asosida Italiyaning “Roma” klubiga o‘tadi. Bu haqda jurnalist Nikolo Shira o‘zining twitter sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Roma” futbolchini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Biroq, agar Rim klubi 2023/2024 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida o‘ynasa, bu majburiy tarzda amalga oshiriladi. Xabar qilinishicha, “PSJ” Veynaldumning ijara muddati davomida maoshining 40 foizini to‘laydi.
Oldinroq, insayder gollandiyalik futbolchi “PSJ”ning yangi bosh murabbiyi Kristof Galtiyerning rejalariga kiritilmagani, shuning uchun u klubni hech qanday sababsiz tark etishi mumkinligi maʼlum bo‘lgandi.







