Sport

Foden “Manchester Siti” bilan shartnomasini uzaytirdi

U 2027-yilgacha “shaharliklar” safida o‘ynaydi.

Foden “Manchester Siti” bilan shartnomasini uzaytirdi

 

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Filipp Foden “Manchester Siti” bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Bu haqda ingliz jurnalisti Mayk Kigan xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” hafta oxirigacha buni rasman eʼlon qiladi.

 

Oldinroq, 22 yoshli Foden klub bilan 2027-yilgacha shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi. Muzokaralar bir necha oy davom etdi. “Siti” britaniyalik futbolchiga haftasiga salkam 270 ming yevro maosh to‘laydi. Shunday qilib, Foden dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi yosh futbolchilaridan biriga aylanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, Foden o‘tgan mavsumda klub safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Foden “Manchester Siti” bilan shartnomasini uzaytirdi | Zamon.uz