Sport

“Barsa”ning omadsiz transferlari

Ular klub kutgan natijani bermagan.

“Barsa”ning omadsiz transferlari

 

So‘nggi yillarda kataloniyaliklar transfer bozoriga sarflagan yuzlab million dollarlar musobaqalarda munosib ishtirok etish imkoniyatini bermadi.

 

Klub 2016 yildan so‘ng bir qator nomdor futbolchilarni yuqori mablag‘ evaziga sotib oldi. Biroq, oz fursatdan so‘ng bu transferlar o‘zini oqlamadi. Bir qator futbolchilar “Barselona”ni tark etishga ham ulgurdi. Quyida ushbu o‘yinchilarning Kataloniyadagi faoliyati haqida maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

 

Darvozabon: Neto – 26 000 000 yevro

 

U 2019 yilning yozida “Valensiya”dan ko‘chib o‘tgan. Neto hozirda “Barselona”ning ikkinchi darvozaboni. Darvozabon Mark-Andre ter Shtegen bilan raqobatlashishi kerak edi, ammo bu amalga oshmadi. “Barselona”da braziliyalik futbolchi uch yil davomida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol o‘tkazib yubordi. 2020/2021 yilgi mavsumda Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. Bir yildan so‘ng 33 yoshli darvozabonning shartnomasi tugaydi va “Barselona” uni tekinga qo‘yib yuborishi mumkin.

 

O‘ng qanot himoyachisi: Nelson Semedo – 35 700 000 yevro

 

Futbolchi 2017 yilning yozida “Benfika”dan transfer qilingan. So‘nggi ikki yilda u “Vulverxempton” futbolchisi sifatida to‘p surdi. Semedo uch yil ichida “Barselona” safida 123 ta o‘yinda maydonga tushdi. Bu vaqt davomida “ko‘kanorranglilar” safida ikkita chempionlik, Kubok va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. “Barselona” portugaliyalikning transferiga qarshilik qilgani qaramay va futbolchi ingliz klubiga 32 million yevro evaziga transfer qilindi.

 

Markaziy himoyachi: Kleman Lengle – 35 900 000 yevro

 

Lanle 2018 yil “Sevilya”dan sotib olingan edi. Natija u ayni damda “Tottenhem”ga bir yillik ijaraga berib yuborildi. 2021/2022 yilgi mavsumda Lengle jarohatlar tufayli asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi. Shu sababli futbolchi zaxirada qolib ketmaslik uchun “Tottenhem”ga yo‘l oldi. Angliyada himoyachi hali o‘ynamagan: “Barselona”dan oldin u “Sevilya” va “Nansi”da to‘p surgan. Londonda fransiyalik futbolchi Kristian Romero, Erik Dayer, Davinson Sanches va Yafet Tanganga bilan raqobatlashishi kerak. Uning yana zaxira o‘rindig‘ida qolish xavfi katta. “Barselona” bilan Lengle Ispaniya chempioni bo‘ldi va Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.

 

Chap qanot: Ektor Junior Firpo – 20 000 000 yevro

 

Futbolchining transferi 2019 yilning yozida amalga oshirilgan. U “Barselona”ga “Betis”dan kelib qo‘shilgan. O‘tgan yili Firpo 15 million yevro evaziga “Lids”ga borib qo‘shildi.

 

Ikki yil davomida Firpo “Barselona” safida mustahkam o‘rin egallamadi. U 2020/2021 yilgi mavsumda klub bilan Qirol kubogini qo‘lga kiritdi, shu vaqt ichida 41 o‘yin o‘tkazdi va kichik jarohatlar tufayli ko‘pincha maydonga tusholmadi. “Lids”dagi debyut mavsumida Firpo ilk o‘yinlardanoq maydonga tushdi, biroq bu yerda ham jarohatlar uni chetlab o‘tmadi.

 

Markaziy yarim himoyachi: Paulinyo — 40 000 000 yevro

 

Braziliyalik futbolchi Kataloniya klubi safiga 2017 yilning yozida “Guanchjou” klubidan kelib qo‘shilgan. Natijada esa o‘sha yilning o‘zida “Korintianc” jamoasiga safiga o‘tib ketdi.

 

Paulinyo “Barselona” safida ellikta o‘yin o‘tkazdi. 2017/2018 yilgi mavsumda yarim himoyachi to‘qqizta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Mamlakat chempionligi va Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. Kataloniya klubi ham futbolchidan yaxshigina pul ishlab oldi. Avvaliga uni “Guanchjou”ga 5,5 million yevroga ijaraga berdi. Keyin esa 42 million yevroga sotishdi.

 

Markaziy yarim himoyachi: Miralem Pyanich – 60 000 000 yevro

 

Futbolchi 2020 yilning yozida “Yuventus”dan “Barsa”ga o‘tdi. Shundan so‘ng “Beshiktosh”da bir yil ijara asosida o‘ynab, hozir yana “Barselona”ga qaytdi.

 

Pyanichning transferi ham muvaffaqiyatsiz deb baholanmoqda. Bosniyalik futbolchi 2020/2021 yilgi mavsumda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, bironta ham gol ura olmadi. O‘tgan mavsumni Turkiyada o‘tkazgach, Pyanich “Barselona”da o‘z o‘rnini egallashga ikkinchi bor urinib ko‘radi.

 

O‘ng qanot himoyachisi: Usmon Dembele —140 000 000 yevro

 

Dembele 2017 yilning yozida “Borussiya D” klubidan transfer qilingan edi. Natija ayni damda futbolchi asosiy tarkibdan tushib ketdi. Biroq, yaqinda uning shartnomasi yana uzaytirildi.

 

140 million yevro to‘langan futbolchini sotib yuborish ahmoqlik bo‘lishi mumkin. Shu bois “Barselona” Dembele bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytirdi. 2021/2022 yilgi mavsum forvard uchun klubga qo‘shilganidan beri eng samarali bo‘ldi (“gol+pas” tizimida 1+13). Usmon kelasi yili muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ham uni biron joyga sotish va yetarlicha mablag‘ ishlab olish mumkin. Bu

 

70 million yevrodan kam mablag‘ bo‘lishi aniq. “Barselona”dagi besh yil ichida fransuz jarohati tufayli deyarli 700 kunni o‘tkazib yubordi.

 

Markaz hujumchisi: Antuan Grizmann – 120 000 000 yevro

 

Fransiyalik futbolchi 2019 yil yozida “Atletiko” katta summa evaziga sotib olingan edi. Biroq, o‘tgan yili yana Madrid jamoasiga qaytdi.

 

Hujumchi Madriddan “Barselona”ga o‘tganidan so‘ng, “Atletiko” 2013/2014 yilgi mavsumdan beri birinchi marta Premyerada g‘alaba qozondi. Kataloniyada ikki yil davomida forvard faqat Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi va poytaxtga ijara asosida qaytdi. 2020/202 yilgi mavsumda futbolchi La Liganing 26 o‘yinida atigi 3 ta gol urdi.

 

Chap qanot himoyachisi: Filippe Koutinyo — 135 000 000 yevro

 

Futbolchining transferi 2018 yil qishida amalga oshirilgan. U o‘shanda “Liverpul”dan sotib olinadi. Natijada o‘tgan yili braziliyalik 20 million yevro evaziga “Aston Villa” klubiga o‘tib ketdi.

 

Koutinyoning transferi “Barselona”ning yana bir muvaffaqiyatsiz sarmoyasidir. Kataloniyada yarim himoyachi o‘zini ko‘rsata olmadi. Jarohat tufayli 45 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. “Bavariya”dagi bir yillik ijara braziliyalik futbolchining “Liverpul”da ko‘rsatgan formasiga qaytishiga yordam bermadi. Katta xarajatlarga qaramay, “Barselona” Koutinyodan qutuldi: avvaliga uni “Aston Villa”ga ijaraga berishdi, keyin esa oxir-oqibat ingliz klubiga Filippening barcha huquqlarni sotishdi.

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Barsa”ning omadsiz transferlari | Zamon.uz