Edinson Kavani Argentina klubiga o‘tadi
U “Boka Xuniors” klubi bilan kelishuvga yaqin.

“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Edinson Kavani Argentinaning “Boka Xuniors” klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Jonatan Pinasko ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
Pinaskoning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar allaqachon hamma narsani o‘zaro kelishib olishgan. O‘tish haqidagi rasmiy xabar ertaga eʼlon qilinadi.
Hujumchi o‘tgan mavsumda “Manchester Yunayted” safida barcha turnirlar doirasida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Bungacha Kavani “PSJ”, “Napoli” va “Palermo” klublarida to‘p surgan.







