Markos Alonso ispan klubiga o‘tishga yaqin turibdi
U bilan “Barsa” muzokara o‘tkazmoqda.

31 yoshli “Chelsi” va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Markos Alonso tez orada “Barselona” bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining twitter sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bitim yakunlanish arafasida. Maʼlum qilinishicha, shartnoma shartlari bir oy oldin kelishilgan. Tomonlar “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxelning transferga roziligini olishlari kerak edi, u “Brayton”dan Mark Kukurellani sotib olingani haqidagi maʼlumotdan so‘ng Alonsoning transferini maʼqullagan.
Alonsoning “Chelsi” bilan shartnomasi 2022/2023-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portal uning narxini 12 million yevroga baholagan.
Ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda “Chelsi” safida barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







