SHHTda O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
Bundan oldin Nyu-Yorkda ham shunday uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.

5 avgust kuni SHHT kotibiyatida “Yangi O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy islohotlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Yig‘ilish O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va SHHT kotibiyati tashabbusi bilan o‘tkazilgan. Unda SHHT, Xitoy TIV va yetakchi siyosatshunoslik markazlari yetakchi ekspertlari qatnashdi.
Tashkilot bosh kotibi Chjan Min ishtirokchilarga videomurojaat yo‘llagan. U O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi.
Avvalroq Nyu-Yorkda ham konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etilgandi.







