Eng dolzarb

Toshkent va Nur-Sulton chegara masalasida muhim kelishuvga erishdi

Qozog‘iston TIV bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Toshkent va Nur-Sulton chegara masalasida muhim kelishuvga erishdi

 

O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha shartnoma loyihasi matnini maʼqulladi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.  

 

“2022 yilning 25 iyulidan 5 avgustiga qadar Olma-Ota shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari hukumat delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegarasi demarkatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma matnini hamda chegara demarkatsiyasi yakuniy hujjatlari loyihasi paketini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishdi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

 

Ushbu masala yuzasidan navbatdagi uchrashuv Toshkentda bo‘lib o‘tishi belgilangan. Uning muddati diplomatik kanallar orqali aniqlashtiriladi.

 

Avvalroq Bugundan boshlab Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegara punktlarini ochgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Toshkent va Nur-Sulton chegara masalasida muhim kelishuvga erishdi | Zamon.uz