2022-yilning eng yaxshi smartfon ishlab chiqaruvchilari qaysilar?
Chn-Brand tadqiqot kompaniyasi bu bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

Mijozlarning sodiqligi, ularning kompaniya mahsulotlaridan umumiy qoniqishi parametrlari asosida o‘teazilgan tadqiqotda dastlabki uch o‘rinni jami 86, 85 va 83 ball bilan Apple, Huawei va Xiaomi egallagan.
Aynan shu brendlar o‘tgan yili ham kuchli uchlikka kirgan. Xususan, Apple Huawei'ni faqat foydalanuvchilarning sodiqligi bo‘yicha ortda qoldirdi.
Xitoyning Oppo brendi 2021-yili Honor tomonidan band etilgan to‘rtinchi o‘rinni egallagan, Honor’ning o‘zi esa joriy yilda beshinchi o‘ringa tushib ketgan. Reytingga birinchi marta kirgan iQOO va Redmi brendlari darhol mos ravishda oltinchi va yettinchi o‘rinlarni egallagan. Vivo va Samsung mos ravishda sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarni band qilib, bir nechta pozisiyalarni yo‘qotgan.







