Sport

“Chelsi”da Vernerga nima bo‘ldi?

U yana nemis klubiga qaytmoqda.

“Chelsi”da Vernerga nima bo‘ldi?

 

Timo Verner “Chelsi”ni tark etadi. Londondagi ikki yillik faoliyatdan so‘ng, klub hujumchini yana “RB Leypsig”ga qaytaradi. Bu haqda Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi. Yevropaning eng kuchli insayderining fikricha, gap ijara haqida emas, balki to‘liq transfer haqida ketmoqda. Nemis futbolchisining ingliz klubidagi faoliyati yakuniga yetgan. U jamoadagi faoliyati davomida biroz omadsizlikka uchradi.

 

2020 yilning bahorida Timo Germaniyada porladi. Shundan so‘ng kutilganidek u top-klublar nishoniga aylandi. Bundesliganing to‘rtta mavsumida 78 ta gol urgan hujumchi hammani birdek qiziqtirar edi. “Liverpul” ham o‘sha vaqtda “Leypsig” bilan faol aloqada edi. Verner ham ingliz klubiga o‘tishni xohlashini maʼlum qildi. Hamda mazkur transfer amalga oshishi mumkin edi.

 

Biroq keyin vaziyat keskin o‘zgardi. “Liverpul” transfer jarayonini kechiktirdi. Sababi Mane, Firmino, va Salah uchligini o‘zgartirib bo‘lmasligi borasida qarorga kelindi. Shu tariqa Verner uchun yuqori mablag‘ sarflanmadi.

 

O‘shanda “Chelsi”da ham bu transfer g‘oyasi paydo bo‘ldi. Frenk Lempard Vernerni muvaffaqiyatga erishish mumkinligiga ishontirdi va klub zudlik bilan “Leypsig”ga 53 million yevrolik transferni taklif etdi.

 

Shunda nemis klubi direktori Marina Granovskaya inglizlarning transferdagi g‘alabasini quyidagicha taʼrifladi:

 

“Biz Vernerning “Chelsi” foydasiga tanlov qilganidan juda xursandmiz. Timo yosh va istiqboli bor futbolchi”.

 

U vaqtda Granovskaya bilan hech kim bahslashmagan bo‘lardi. Chunki, “Chelsi” super kelishuvga erishganga o‘xshardi.

 

Verner esa har mavsumda yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qila boshladi. Timo narxi 2020 yilning mart oyida 80 million yevroga yetgandi. Mavsum oxiriga kelib, narx biroz pasaydi, lekin baribir bu qiymat yo‘qolib ketmadi. Biroq bugunga kelib, 26 yoshida eng yaxshi jismoniy holatda bo‘lishi kerak bo‘lganda Timo 35 million yevroga baholandi.

 

Vernerning statistikasi ham pasayib bormoqda. 2019/2020 yilgi mavsumda Timo Bundesliganing 34 o‘yinida 28 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Biroq u 2020/2021 yilgi mavsumda Premyer-liganing 35 ta o‘yinida 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

 

Keyingi yilgi mavsumda esa 21 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Qo‘shimchasiga sog‘lig‘idagi muammolar tufayli bir oyni va koronavirus oqibatida uch haftani o‘tkazib yubordi.

 

Vernerning degradatsiyasi haqidagi tezis ilg‘or statistik maʼlumotlar bilan ham tasdiqlangan. Timo har mavsumda o‘tgan yilgiga qaraganda kamroq zarba bergan. “Leypsig”ni tark etishdan oldin 49 ta o‘yinda 165 ta, “Chelsi”ga o‘tgandan keyin 65 ta bahsda 132 ta so‘nggi mavsumda esa 48 ta uchrashuvda 102 taga zarba bergan. Asosiy uzatmalar soni ham doimiy ravishda kamayib borgan.

 

Shu yilning may oyida Verner “Chelsi”ga o‘tishni xato deb hisoblamasligini tan olgandi. Futbolchidan boshqacha fikr kutish ham mumkin emas edi.

“Chelsi” hujumchisi nimaga London jamoasini tanlaganini quyidagicha izohladi:

“Liverpul” xayolimda edi, lekin yakunda men “Chelsi”ni tanladim. Chempionlar ligasida g‘olib chiqdim. Ammo buni yaxshi yechim deb hisoblamayman”.

 

Shundan so‘ng ikki oy o‘tgach, “Bild” nashri Verner “Leypsig”ga qaytish uchun maoshini ikki baravar kamaytirishga tayyorligini maʼlum qildi. Timoning transferi amalga oshishiga qaraganda, futbolchining maoshi haqiqatan ham sezilarli darajada kamayadi. Darhaqiqat, ikki yil ichida Verner “Chelsi”da zahira o‘yinchisi bo‘lib qoldi. Amaldagi shartnomaga ko‘ra, u ingliz jamoasida yiliga 16,6 million yevro maosh olgan

 

“Daily Mail” nashri Timoni “Chelsi” tarixidagi eng yomon transferlar o‘ntaligiga kiritdi. Romelu Lukaku, Alvaro Morata va Kepa Arrizabalaga bu ro‘yxatning yuqori qismiga kiritilgan. Verner ham asosli tarzda ushbu futbolchilar qatoridan joy olgan.

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Chelsi”da Vernerga nima bo‘ldi? | Zamon.uz