O‘zbekiston 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi
Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi prezidenti Alisher Saʼdullayev maʼlum qildi.

Saʼdullayev bugun FIDE kongressida Toshkentda Butunjahon shaxmat Olimpiadasini o‘tkazish bo‘yicha maʼruza qilgan. Shundan so‘ng, ovoz berishda barcha delegatlar bir ovozdan O‘zbekiston uchun ovoz bergan va ushbu nufuzli musobaqa mezbonligi O‘zbekistonga topshirilgan.
Maʼlumot uchun, 2024-yilgi shaxmat Olimpiadasi Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkaziladi.







