Sport

“PSJ”da hozircha hammasi joyida

Messining o‘yini yana ochilmoqda.

“PSJ”da hozircha hammasi joyida

 

Fransiyada ham futbol mavsumi boshlandi. Tarkibi yangilangan “PSJ” birinchi turdanoq o‘zini ajoyib o‘yinini ko‘rsatdi.

 

Klub safarda beshta gol urib, “Klermon”ni mag‘lub etdi. Uchrashuvda ayniqsa Leo Messi ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.

 

Argentinalik futbolchi o‘yinda ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.  Avvaliga Neymarning golli uzatmasidan so‘ng Messi jarima maydonchasi ichida bir necha himoyachilar orasida bo‘lishiga qaramay chiroyli gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Birinchi bo‘limdayoq “Klermon”ning mag‘lubiyati aniq bo‘lib qoldi. Messining o‘yini shunchalik ochilib ketdiki, u bahs davomida juda erkin o‘ynadi va jamoasining g‘alabasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.

 

“PSJ” bosh murabbiyi Kristof Galtiyer ham bundan juda mamnun. Murabbiy uchun Messini futbol zavqiga qaytarish vazifasi eng muhim vazifalardan biri bo‘lib ko‘rinmoqda:

 

“U juda tezkor, juda aniq taktik o‘yinga ega. Messi qayerga yugurishni, qanday pozitsiyani egallashni, qaysi zonada bo‘lishni tezda tushunadi. U bizning futbolchilar bilan o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Leo tabassum qilsa, butun jamoa ham tabassum qiladi. U o‘tgan mavsumni qiyin o‘tkazdi, yangi jamoaga ko‘nikishi qiyin bo‘ldi. Avvalgi mavsumlarda Leo kamida 30 ta gol urgan. Endi u butunlay tayyor, uning oilaviy hayoti, klubi, jamoasi bo‘yicha aniq rejalari bor. Leoning mavsumni ajoyib o‘tkazmasligi uchun hech qanday sabab yo‘q”.

 

Agar Messi bo‘lmaganida birinchi turdagi bahs Neymar uchun atalgan bo‘lardi. U ushbu bahsda o‘z hisobiga uchta golli uzatma va bitta gol yozdirib qo‘ydi. Bundan tashqari, to‘rtinchi gol bilan bo‘lgan epizodda braziliyalik bemalol gol urishi mumkin edi, ammo Leoga to‘p uzatdi.

 

Neymar bu mavsum boshida “Nant” bilan Fransiya Superkubogida (4:0) dubl qayd etdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

 

“PSJ”ning yangi murabbiyi o‘zining dahshatli hujum chizig‘idagi o‘yinchilaridan to‘g‘ri foydalanmoqda. Galtiyer 3-4-1-2 sxemasiga o‘tdi, u yerda Messi o‘zining eng porloq yillarida o‘ynagan pozitsiyasida paydo bo‘lmoqda.

 

Leoga o‘yin uchun maksimal erkinlik berildi. Neymar va Kilian Mbappe esa yaqool hujumchi sifatida oldinga o‘tkazildi. Bu uchliklarning barchasi pozitsiyalarda ustunlik qilishi va aqlbovar o‘yinlarni ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Bu esa jamoa muvaffaqiyatida muhim rol o‘ynaydi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“PSJ”da hozircha hammasi joyida | Zamon.uz