Sport

UEFA Superkubogi kimga nasib etadi?

Bugun “Real Madrid” va “Ayntraxt” o‘yini bo‘lib o‘tadi.

UEFA Superkubogi kimga nasib etadi?

 

Bugun Finlandiya poytaxti Xelsinki shahridagi “Olimpiyskiy” stadionida Chempionlar ligasi g‘olibi “Real Madrid” va Yevropa ligasi kubogi sohibi “Ayntraxt Frankfurt” o‘rtasida UEFA Superkubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

 

Xelsinkidagi “Olimpiyskiy” stadioni 2016 yildan 2020 yilgacha davom etgan rekonstruksiyadan keyin birinchi marta bunday katta tadbirga mezbonlik qilmoqda. Bu mamlakatdagi birinchi yirik Yevropa futbol finalidir. Arenaning diqqatga sazovor joyi - balandligi 72,21 metr bo‘lgan minoradir. Finlyandiyalik sportchi Matti Jarvinen 1932 yilgi Olimpiadada aynan shunday masofaga nayza uloqtirgan.

 

O‘tgan yilgi final bahsida “Chelsi” va “Vilyareal” to‘qnash kelgandi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangan, qo‘shimcha bo‘limlarda esa londonliklar penaltilar ceriyasida muvaffaqiyatga erishgandi. Bu Tomas Tuxel boshqaruvidagi klubning qo‘lga kiritgan ikkinchi Yevropa kubogi bo‘ldi.

 

Ushbu yozda “Real Madrid” kuchli transfer kampaniyasini amalga oshirishi kutilgandi. Ammo jamoa rahbariyati tomonidan muhim xaridlar bo‘lmadi. Kilian Mbappe “PSJ”da qoldi, Erling Holand esa “Manchester Siti”ni tanladi. Ammo, 80 million evro evaziga Aureliyen Tchuameni “Monako”dan sotib olindi. Lekin har holda jamoaning asosiy tarkibi unchalik o‘zgarmadi. Shu bois, Karlo Anchelotti o‘yinga Chempionlar ligasi finalidagi futbolchilardan foydalanmoqchi ekanligini aytdi. “Ayntraxt” ham xotirjam. Xaridlardan faqat “Bayer”dan hujumchi Lukas Alarioning transferi va “Milan” yarim himoyachisi Yens Petter Xaugening sotib olinishini qayd etish mumkin.

 

Har qanday Yevropa top-klublari singari, bu ikki jamoa ham bir nechta ramziy ko‘rgazma o‘yinlarini o‘tkazishdi. Jumladan, “Real Madrid” yozda “Barselona”ga (0:1) mag‘lub bo‘ldi. Biroq, ikkinchi bahsda “Yuventus” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mahalliy jurnalistlarning fikricha, Anchelotti Superkubokga jiddiy tayyorlanmoqda. Shu bois tayyorgarlik haftasi nomdor jamoalar bilan kuch sinashdi.

 

“Ayntraxt” allaqachon mavsumni boshlab yuborgan. Jamoa Germaniya kubogining birinchi bosqichini muammosiz o‘tkazdi. Ammo, Bundesliganing birinchi turida “Bavariya”dan oltita gol o‘tkazib yubordi. Bu yaxshi start emas, lekin ayni paytda bosh murabbiy futbolchilar bu natijaga eʼtibor qaratmaslikka hamda bor eʼtiborni “Real” bilan o‘yinga qaratishga chaqirmoqda.

 

Mutaxassislar allaqachon bu uchrashuv bo‘yicha o‘zlarining  fikrlarini bildirib o‘tishmoqda. Bukmekerlar ispan klubini favorit deb hisoblashmoqda. Shuningdek, uchrashuv sermahsul o‘tishi taxmin qilinmoqda.

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

UEFA Superkubogi kimga nasib etadi? | Zamon.uz