Sport

Mitti yulduz

Bugun “Paxtakor-79” fojiasiga 43 yil to‘ldi.

Mitti yulduz

 

O‘tgan davr mobaynida o‘zbek futbolida ko‘p voqealar sodir bo‘ldi. Mustaqillikdan so‘ng milliy terma jamoamiz ham, klublarimiz ham turli g‘alabalarga va sovrinlarga erishdi. Ammo bu yurtning azaliy mundialga chiqish orzusi haligacha ushalgani yo‘q. O‘zbek futbolining fidoyi murabbiylaridan bo‘lgan, haqiqiy afsona, uzoq yillar terma jamoaning “matori” vazifasini bajargan Temur Kapadzedek futbolchini tarbiya qilgan Tohir Kapadzening taʼbiri bilan aytganda:

 

"Jahon chempionatiga chiqishimiz uchun “jichcha" omad yetishmayapti. Qishloqda terma jamoaning o‘yinlarini dadam, bobom, amakilarim bilan birga ko‘rardik. Ammo bobom uchrashuvni oxirigacha tomosha qilmas, futbolchilarning o‘yinlaridan ko‘ngli to‘lmasdi. Nuqul bizda hujumchi yo‘q degan gapni aytardi. Men esa yaxshi hujumchilarimiz bor-ku, deya eʼtiroz bildirardim. Lekin, o‘ylab qaralsa, bobomni ham tushunish mumkin. Ha endi bobom Gennadiy Krasnidskiy, Birodar Abduraimov, To‘lagan Isoqov, Hamid Rahmatullayev kabi futbolchilarning o‘yinini ko‘rgan odamda".

 

O‘zbek sharhlovchilik maktabining asoschisi rahmatli Axbor Imomxo‘jayevning “Futbol — quvonchim, dardim, faxrim” nomli kitobini o‘qiganimdan so‘ng “Paxtakor-79” haqida ozmi-ko‘p tasavvurga ega bo‘lganman. Kitobni o‘qir ekanman, meni takror va takror to‘lqinlantirgan, qiziqish uyg‘otgan qahramon — jamoaning “mitti yulduz”i Sirojiddin Bozorov edi.

 

S.Bozorov 1961 yil Samarqand viloyati Narpay tumani Totuvli qishlog‘ida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Otasi qishloq maktabida mehnat fanidan dars bergan. Bolaligidan futbolga mehr qo‘ygan Sirojiddin 1972 yili Respublika sport-internatiga o‘qishga qabul qilinadi. 1978 yil Sobiq Ittifoq yoshlar spartakiadasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida musobaqaning kumush medaliga ega chiqadi. O‘sha davrning o‘zida futbolchi “Paxtakor” klubining o‘rinbosarlar jamoasida ham asosiy o‘yinchilardan biri bo‘lgan. U to‘qqizinchi raqam ostida maydonga tushgan. O‘rinbosarlar tarkibida o‘tkazgan oxirgi uchrashuvida gol kiritolmagan, lekin darvoza to‘sinini mo‘ljalga ololgan. Juda asabiy kechgan o‘sha o‘yinda Sirojiddin raqib jamoasi aʼzolaridan biri bilan tortishib ham qoladi.

 

U ilk bor “Paxtakor”ning asosiy tarkibida maydonga tushish uchun jamoa bilan safarga yo‘l olgandi. Mudhish voqeadan bir kun avval — 10 avgustda o‘zining 18 yoshini nishonlagan. Bevaqt o‘lim umrining eng gullagan davrida uni bu dunyodan erta olib ketdi.

Fojiadan ikki kun oldin Jismoniy tarbiya institutiga kirish imtihonlarini ko‘ngildagidek topshirib chiqqan. Shu imtihon sababli o‘rinbosarlar bilan safarga uchmagan edi. Uni taniganlar Sirojiddin o‘sha safarga borishni, o‘sha samolyotda uchishni xohlamaganini eslashadi. Ammo taqdirdan qochib qutulib bo‘lmaydi. Sirojiddinga bitilgan qismat shu ekan.

 

Taxminan, 4-5 yillardan beri Sirojiddinning hayoti haqida o‘ylayman. Qiziq, yosh futbolchining sevgani bo‘lganmikan? Uning o‘yinlarini maydonga kelib tomosha qiladigan, o‘yin paytida ilhom, kuch, zavqu-shavq bag‘ishlaydigan insoni bo‘lganmikan? Agar shunday insoni bo‘lsa uning vafoti haqidagi xabardan keyin qanday holga tushgan ekan? Axir, suygan insoning o‘yinini ilk bor oynai jahon orqali tomosha qilish uchun soniyalar soatdek tuyuladigan kezda uni manguga yo‘qotganing haqidagi shum xabarni eshitish… Bilmadim, bular shunchaki tasavvur. Balki sevgani bo‘lmagandir. Asl haqiqat “mitti yulduz”ning o‘zi bilan birga ketgan.

 

Yosh futbolchiga, garchi, Paxtakorning asosiy tarkibida maydonga tushish nasib etmagan bo‘lsada, u ham 17 yulduz orasida mangu porlaydi.

 

Dilmurod Davlatov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Mitti yulduz | Zamon.uz