O‘zbekistonlik shaxmat chempionlari Toshkentda tantanali kutib olindi
Ularning barchasiga Prezident tomonidan Equinox avtomobili sovg‘a qilingan.

Bugun, 11-avgust kuni Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblari Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda Zamon.uz muxbiri xabar qilmoqda.
Shaxmatchilarni kutib olish uchun Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat a’zolari, taniqli sport ustalari, jurnalistlar va keng jamoatchilik vakillari yig‘ilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, chempion shaxmatchilarning beshalasiga bittadan Equinox avtomobili sovg‘a qilingan.
Shuningdek, ularning har biriga 600 mln so‘m, treneriga esa 300 mln so‘m pul mukofoti beriladi.
O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish marosimi haqida yaqin orada batafsil videomaterial e’lon qilinadi.








