Sport

“Barsa”da yana bir muammo paydo bo‘ldi

Klub yangi kelgan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazolmayapti.

“Barsa”da yana bir muammo paydo bo‘ldi

 

Agar yilning “eng qiziqarli” klubiga mukofot berilsa, “Barselona” bu yil ushbu mukofotga ega bo‘lardi. Kataloniyaliklar qiyin moliyaviy ahvoldan so‘ng OAV huquqlarining bir qismini sotib, iqtisodiy holatini yaxshilab oldi. Shundan keyin klub bir qator o‘yinchilarni sotib olishni boshladi. Hozirgacha jamoa transferlar uchun 153 million yevro sarfladi. Ammo Kataloniya klubida yangi muammo paydo bo‘ldi. Ayni damda “Barsa” ikkita yangi futbolchisini yo‘qotish xavfi ostida turibdi. Ularning jamoaga kelganiga atigi bir oy bo‘ldi.

 

Gap Andreas Kristensen va Frank Kessiyer haqida ketmoqda. “Barsa” futbolchilarning “Chelsi” va “Milan” bilan shartnomalari tugashini kutdi va ikkita yaxshi o‘yinchini tekinga qo‘lga kiritdi. Har ikki futbolchining transferi 4-iyul kuni eʼlon qilingan edi.

 

“ESPN” jurnalistlari Kristensen va Kessiyer ushbu o‘yinchilar “Barsa” uchun birorta ham rasmiy o‘yin o‘tkazmasdan ketishlari mumkinligini aytishdi. Har ikkisi ham jamoa o‘yinchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgani yo‘q. Ikki kunda so‘ng “Barsa”ning “Rayo Valekano” bilan Ispaniya chempionati doirasida 1-tur o‘yini bo‘lib o‘tadi.

 

Kristensen va Kessiyerning jamoani tark etish ehtimoli yuqori emas. Ammo klub hali ham vaziyatdan xavotirda. “Barsa” prezidenti Joan Laporta esa yangi kelganlar ro‘yxatdan o‘tishga ulgurishi haqida vaʼda bermoqda. Agar bu ish bermasa, klub rahbarlari Kristensen va Kessiyerning agentlarini futbolchilarning ketish imkoniyatidan foydalanmasliklari uchun ularni rozi qilishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, o‘yinchilarning ro‘yxatdan o‘tish muddati avgust oyi oxirigacha davom etadi.

 

Hozircha jamoaga yangi kelgan Robert Levandovski, Rafinya va Jyul Kunde kabi futbolchilar ham ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Yozda jamoa bilan shartnomalarini yangilagan o‘yinchilar Sergi Roberto va Usmon Dembele ham ular qatorida. Yuqorida sanab o‘tilgan futbolchilar maʼlum summa evaziga klubga kelib qo‘shilgan, shu sababli, ularning ketish imkoni yo‘q.

 

2020-yil oktabr oyida, Xosep Bartomeu boshchiligidagi avvalgi rahbariyat to‘rt nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga erishgandi: bular Jerar Pike, Kleman Langle, Frenki de Yong va Mark-Andre ter Shtegen.

 

Bu futbolchilar keyinchalik shartnomalarini uzaytirish sharti bilan maoshlarini qisqartirishga rozi bo‘lishgan. Yangi boshliqlar shartnomalar qonunga zid ravishda tuzilgan deb hisoblab, ularni bekor qilmoqchi. Agar futbolchilar rozi bo‘lmasa, sud qarorini kutishga to‘g‘ri keladi.

 

Ro‘yxatga olingan futbolchilardan Jerar Pike “Barsa”ga shartnomasini bekor qilishini aytgan. Yana bir faxriy Serxio Buskets yaqin orada maoshini qisqartirish bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bularning barchasi klubga yangi kelganlarni ro‘yxatga olishda yordam berishi mumkin.

 

“Barsa” ayni damda De Yongdan qutulishga urinmoqda. Unga bir qator jamoalar qiziqish bildirmoqda. Biroq futbolchining o‘zi jamoani tark etishni istamayapti.

 

Kataloniyaliklar hozirda “Chelsi” aʼzosi Markos Alonsani jamoaga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Agar, yangi kelgan futbolchilar ro‘yxatdan o‘tkazilsa, Alonsa bilan shartnoma imzolanishi mumkin.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Barsa”da yana bir muammo paydo bo‘ldi | Zamon.uz