Keylor Navas “Napoli”ga o‘tishga tayyor
Kelishuv so‘nggi bosqichda.

“PSJ” darvozaboni Keylor Navas “Napoli”ga o‘tishga rozi bo‘ldi. Bu haqda taniqli insayder va jurnalist Nikolo Shira o‘zining twitter sahifasida maʼlum qildi.
Manbaga ko‘ra, ayni damda kelishuv muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun klublar o‘zaro kelishib olishlari kerak. Agar italiyaliklar kosta-rikalik futbolchining hozirgi maoshini to‘lashga rozi bo‘lishsa, u holda transfer amalga oshadi.
Avvalroq Fransuz klubining ustozi Kristof Galtiyer Janluidji Donnarumma yangi mavsumda jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lishini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2021/2022 yilgi mavsumda Navas “PSJ” safida 26 o‘yinda 24 marta o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olmadi. Keylorning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.







