Sport

Mbappe va Neymar mojarosi qanday yakun topdi?

Kilian braziliyalik futbolchining jamoadan ketishini xohlamoqda.

Mbappe va Neymar mojarosi qanday yakun topdi?

 

Yevropada mavsum endi boshlangan bir vaqtda “PSJ”da yana bir muammo yuzaga kelmoqda. Gap shundaki, Kilian Mbappe Neymarni sotish iltimosi bilan klub rahbariyatiga murojaat qilgan. Nufuzli insayder Romain Molinaning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda ikki futbolchi o‘rtasidagi munosabatlardagi keskinlik muntazam ravishda kuchayib bormoqda. Ularning do‘stligi avvalgidek mustahkam emas.

 

Mbappe so‘nggi besh yil ichida Neymardan ko‘p narsa o‘rganganini tan oladi. Ammo endi u Lionel Messidan tajriba orttirishni afzal ko‘rmoqda. Bu holat “PSJ” zudlik bilan hal qilishi kerak bo‘lgan muammolardan biri. Bu yo‘nalishda dastlabki qadamlar allaqachon tashlangan. Biroq, mojaroning yakuniy yechimi haqida gapirishga hali erta.

 

Mbappe va Neymar o‘rtasidagi ziddiyat qanday rivojlandi?

 

“Get French” va “Football News” manbalarining taʼkidlashicha, Mbappening yaqin odamlari klub Kilian bilan shartnomani uzaytirganidan beri Neymarni sotishga intilishgan.

 

Mbappe “Real”ga o‘tishdan bosh tortib, Parijda qolishga qaror qilganidan keyin “PSJ”da alohida o‘ringa ega bo‘lmoqda. “Sky Sports” maʼlumotlariga ko‘ra, hujumchi oyiga 4,75 million yevro maosh bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi. Shartnoma taxminan 120 million yevroni tashkil etadi. Shu bilan birga, Kilianga kadrlar siyosatiga ham taʼsir o‘tkazishga ruxsat berildi.

 

Neymar bilan iyun oyidagi holat haqiqatan ham Mbappeni harakatga keltirgan bo‘lsa kerak. “PSJ” prezidenti Nosir Al-Xelayfi shunchaki Kilianning istagini bilib, klubning braziliyalik futbolchi bilan xayrlashish niyati haqida gapirgandi. Bir muncha vaqt mojaroni parijliklarning yangi bosh murabbiyi Kristof Galtier bartaraf etdi. U hozirda jamoaning barcha yulduzlari bilan yaxshi til topishgan.

 

Galtier Mbappeni ishontirdi va Neymarning motivatsiyasini oshirdi. Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda “PSJ” safida uchta o‘yinda “gol+pas” tizimi bo‘yicha sakkiz ochko jamg‘argan. Hujumchi Liga 1ning 2-turidan o‘rin olgan “Monpele” bilan o‘yinda dubl qayd etdi. O‘yinning 90-daqiqasida Neymar o‘rniga Ugo Ekitike maydonga tushganida, muxlislar braziliyalik futbolchini olqishlashdi. Chempionatning 2-turida “Klermon” bilan o‘yinida ham Neymar gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. “Nant”ga qarshi Fransiya Superkubogi uchun kechgan uchrashuvda raqib darvozasiga ikkita gol urdi.

 

Mbappening o‘yinida biroz pasayish kuzatilmoqda. Kilian jarohati tufayli mavsumning dastlabki ikkita o‘yinini o‘tkazib yubordi. “Monpele” bilan o‘yinda 23 yoshli fransuz penaltini golga aylantira olmadi. Ammo u o‘yindan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, golni nishonlamagani o‘zining o‘yinidan ko‘ngli to‘lmaganini anglatardi.

 

Umuman olganda, Kilian o‘ziga ishonchsiz ko‘rindi. Hamda vaqti-vaqti bilan o‘yinni tashlab qo‘ydi va baʼzi daqiqalarda bor kuchi bilan harakat qilmadi.

 

“L'Équipe” va “RM Sport” nashrlarining yozishicha, Kilianning bu xatti-harakatiga uning shaxsiy muammolari sabab bo‘lgan.

 

Parijliklarning muxlislari esa Kilianning Neymarga bo‘lgan munosabatidan g‘azablanishgan. Hamda uni keskin tanqid qilishmoqda. Bir vaqtning o‘zida Neymar va Messini maqtashmoqda.

 

Galtier Mbappe muammoasini hal qilishga qaror qildi va hujumchining jarohatidan so‘ng yomon sport formasiga ishora qildi:

 

“Mbappe uch hafta futbol o‘ynamadi. Uchta to‘liq bo‘lmagan nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Men unga jismonan qiyin bo‘lishini bilardim. Lekin hammasi joyida, u formasini tiklashi kerak”.

 

Neymarning o‘zi olovga yog‘ quydi. Braziliyalik futbolchi Mbappening “PSJ”ning to‘liq penalti tepuvchisiga aylanganidan norozi. Klubning bu qarorini tanqid qilgan.

 

Neymar Mbappening uni boshqa klubga o‘tishini xohlagani uchun Kiliandan biroz norozi bo‘lgandir. Galtier kelishi bilan futbolchilar shaxsiy noroziliklarni bir chetga surib, bor eʼtiborni ishga qaratishdi. Biroq Neymarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi va muxlislarning keskin munosabati Kilianning g‘azabini keltirgan. Hamda hissiyotlarga berilib, braziliyalik futbolchini sotish talabi bilan rahbariyatga murojaat qilgan.

 

Futbolchilar bir-birlarini ochiqchasiga yomon ko‘rishlari haqida maʼlumotlar bor. Allaqachon hal bo‘lib ko‘ringan mojaro yana boshlanmoqda.

 

“PSJ” rahbariyati Mbappe va Neymar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni eʼtiborsiz qoldira olmadi. Klub bosh murabbiy Galtier va sport direktori Luis Kampos ishtirokida futbolchilar yig‘ini tashkil etildi.

 

Jurnalist Le Parisiyenning yozishicha, suhbat samarali bo‘lgan. Kampos futbolchilar bilan suhbatlashgan. U ularning xatti-harakati jamoaning o‘yiniga zarar keltirmasligini aytdi. Yig‘ilishdan so‘ng futbolchilar voqea bartaraf etilganini tan olishdi.

 

Ayrim ekspertlarning mulohazalari xavotir uyg‘otadi. Xususan, afsonaviy Terri Anri ochiqchasiga Mbappe tomoniga o‘tib, yosh futbolchi hech kimga hech narsani isbotlashi shart emasligini aytdi.

 

“Bu Mbappening joyi. Albatta, Kilian yana o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishi kerak. Ammo uning isbotlaydigan hech narsasi yo‘q. Bosh murabbiy Messi, Neymar va Mbappeni maydonga sig‘dirish, ularni xursand qilish yo‘lini topishi kerak. “PSJ”da har doim nizolar va muammolar bo‘lib turadi”.

 

Yulduzlar o‘rtasidagi iliq munosabatlar Galtier jamoasining muvaffaqiyat kalitidir. Mavsum boshida mana shunday muammolar bartaraf etilsa jamoaning o‘yiniga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatishi aniq.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Mbappe va Neymar mojarosi qanday yakun topdi? | Zamon.uz