Hozirda qaysi murabbiylar ishsiz?
Yoaxim Lyov bir yildan beri klub boshqarish taklifini ko‘rib chiqmoqda.

Zinedin Zidan
Fransiya terma jamoasi va “PSJ” haqidagi mish-mishlar hali real ko‘rinishga aylangani yo‘q. Zidan 2021-yilning may oyidan beri ishsiz.
Maurisio Pochettino
2021/2022-yilgi mavsum yakunida Pochettino “PSJ” bosh murabbiyligini tark etdi. U hozirda hech qaysi klubni boshqargani yo‘q.
Yoaxim Lyov
2021-yilning yozidan buyon Lyov Germaniya terma jamoasini boshqarmayapti. Nemis matbuotiga ko‘ra, murabbiyning jamoaga foydasi tegadigan takliflari bor edi.
Rafael Benites
16 yanvar kuni Benites “Everton” bosh murabbiyligidan bo‘shatildi. Shundan so‘ng Benites hali yangi ish topmagan.
Ole-Gunnar Sulsher
2021-yilning noyabrida Sulsher “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Olti oydan ko‘proq vaqt davomida u yangi jamoa topgani yo‘q.
Marselo Biyelsa
Biyelsa 2022-yilning fevralidan beri ishsiz. Yozda u “Atletik”ni boshqarishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Ammo uning o‘rniga Ernesto Valverde bosh murabbiy bo‘ldi.
Andre Villash-Boash
2021-yilda Villash-Boash “Marsel” klubi bilan xayrlashdi. O‘shandan buyon murabbiy hali yangi ish topmagan.
Klaudio Raneri
2022-yilning qishida Raneri “Uotford”ni tark etgan edi. Bahorda matbuot uni Italiya terma jamoasida Roberto Manchinining o‘rnini egallashi haqida yozgandi. Ammo bu mish-mish bo‘lib chiqdi.







