“Sporting” faollashdi
Klub Ronaldu transferi ustida jiddiy ish boshladi.

Portugaliya chempionatining 2021/2022 yilgi mavsumi kumush medali sovrindori “Sporting” klubi “Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronalduning transferi borasidagi ishlarni faollashtirdi. Bu haqda “Foot Mercato” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Lissabon klubi sport direktori Ugu Viana Ronaldu va uning atrofidagilar bilan aloqada bo‘lib, futbolchini “Sporting”da faoliyatini davom ettirishga undamoqda. Bu klubning Chempionlar ligasidagi ishtirok etishi asosiy omil hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronalduning agenti Xorxe Mendes yozda “Sporting” bilan 37 yoshli Ronalduning professional faoliyatini boshlagan klubiga qaytishi borasida jiddiy muzokaralar olib borgani haqida xabar berilgandi.







