"Sulton Uvays Qaraniy" ziyoratgohidan o‘g‘irlab ketilgan Qurʼoni Karim musʼhafi topildi
O‘g‘irlikda gumon qilinayotgan ikki nafar shaxs qo‘lga olingan.

Namangan viloyati Chortoq tumanidagi «Sulton Uvays Qaraniy» ziyoratgohidan o‘g‘irlab ketilgan Qurʼoni Karim musʼhafi topildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bergan xabarga ko‘ra, boshqarma tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida qo‘lyozma nusxasi Namangan shahridagi xonadonlardan biriga yashirib qo‘yilgani aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 avgustidan 10 avgustiga o‘tar kechasi soat taxminan 00:04 da nomaʼlum shaxslar Chortoq tumani «Baliqko‘l» MFYda joylashgan Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohida saqlanyotgan Qurʼoni Karimning qo‘lyozma nusxasini o‘g‘irlab ketilgandi.
Mazkur holat Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.







