0

Puxta tayyorgarlik ko‘rilgan amaliyot muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Samarqanddagi ilk jigar transplantatsiyasi: bemor va donor shifoxonada vafot etdi.

Puxta tayyorgarlik ko‘rilgan amaliyot muvaffaqiyatsiz yakunlandi

 

Joriy yilning 9 avgust kuni Samarqandda ilk bor jigar ko‘chirish amaliyoti bajarilgandi. Operatsiya 13 soat 20 daqiqa davom etib, jarayonda 25 nafarga yaqin tibbiyot xodimlari ishtirok etgan. Unda 35 yoshli qiz 57 yoshli onasiga donorlik qilgandi. 

 

“Biz murakkab amaliyotni muvaffaqiyatli yakunladik. Bu Samarqand tibbiyotida yana bir yangilik bo‘ldi. Jigar transplantatsiyasi amaliyotini bajarishga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rdik. Buning uchun xodimlarimiz Moskva, Qozon, Kiyev, Istanbul, Anqara shaharlarida malaka oshirib keldi”, — degan edi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti kafedra mudiri Lutfullo Mahmanov.

 

Ammo bu xursandchilik uzoqqa cho‘zilmadi. Ko‘p o‘tmay bemor ham, donor ham shifoxonadan chiqmay vafot etgani aytilmoqda.

 

Holatni o‘rganish maqsadida Kun.uz muxbiri Jomboy tumanida bo‘lib, vafot etganlarning yaqinlari bilan suhbatlashdi.

 

Samarqandda amalga oshirilgan ilk amaliyotda qatnashgan 57 yoshli bemor jigar sirrozi, subkompensatsiya bosqichi bilan kasallangan bo‘lib, unga 35 yoshli qizi donorlik qilgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, donor onasining tuzalib ketishiga katta umid bildirgan.

 

“Ayolim so‘nggi ikki yilda ancha qiynaldi. Bir qator tekshiruvlar, muolajalarni boshdan o‘tkazdi. Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng, shifokorlar shu yerda operatsiya qilish mumkinligini tavsiya qilishdi. Avvaliga o‘zim donorlik qilmoqchi bo‘ldim, shifokorlar to‘g‘ri kelmasligini tushuntirishdi. Shundan so‘ng qizim donorlik qiladigan bo‘ldi. Operatsiya ham o‘tdi, ayolim va qizimning oyoqqa turib ketishiga umid qildik. Biroq avval onasi, keyin qizim shifoxonadan chiqmay nobud bo‘ldi. Allohning irodasi ekan,” – dedi Abdumalik Qurbonov.

 

12 avgust kuni bemor, 16 avgust kuni donor vafot etgan.

 

Onasiga donorlik qilgan ayolning turmush o‘rtog‘i va uch nafar farzandi bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i operatsiya o‘tkazilayotganda Rossiyada bo‘lgan. Xotinining donorlik qilishiga yozma tarzda rozi bo‘lib, uni elektron tarzda shifokorlarga tashlab bergan.

 

“Ayolimni fikridan qaytarishga juda ko‘p urindim. Donorlik qilsa, ertaga o‘zi ham xastalanib qolishi mumkinligidan ogohlantirdim. Onasining tuzalib ketishi uchun qattiq turib oldi. Majburan rozi bo‘ldim. Operatsiyadan avval ham telefon orqali suhbatlashdik, ayolim sog‘lom edi. Shifokorlar ham operatsiya ijobiy o‘tgani haqida maʼlumot berishdi. Biroq shifoxonadan chiqmay qaynonam ham, turmush o‘rtog‘im ham vafot etdi. Men otamning qarori bilan daʼvo qilmay turibman. Biroq nega shifokorlar holatga yuzaki qarashdi? Hozir bizning qo‘limizga xotinimni yurak bilan bog‘liq muammo sabab vafot etdi, deb qog‘oz berishgan. Sog‘lom odamni operatsiya stoliga olib, uning hayotini xavf ostida qoldirayotgan shifokorlar avval barcha choralarni ko‘rib qo‘ygan bo‘lishi kerak emasmidi? Operatsiyaga rozilik bildirdi degani, ularning o‘limiga roziman, degani emasku?” — dedi donorlikdan keyin vafot etgan ayolning turmush o‘rtog‘i Komiljon O‘sarov.

 

O‘sarovning qo‘shimcha qilishicha, ayoli 2022 yilning bahorida ham ko‘krak qismidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"