Sport

Neymarda barchasi aʼlo

U chempionat boshlanganidan beri yettita gol urgan.

Neymarda barchasi aʼlo

 

Parijliklar yangi mavsumning to‘rt o‘yinida to‘rtta g‘alabani qo‘lga kiritdi.

 

Jamoa shu vaqtga qadar har bir o‘yinda o‘rtacha beshtadan gol urdi. Neymar esa hech qaysi chempionatni bunchalik sermahsul boshlamagandi.

 

Futbolchi jamoaning 13 ta golida ishtirok etdi. U gollar va golli uzatmalar bo‘yicha ligadagi barcha futbolchilar orasida yetakchiga aylanib oldi.

 

Yozning birinchi yarmida braziliyalik hujumchi qarama-qarshi mish-mishlar orasida qolib ketgandi. U klubni tark etishi haqida ham juda ko‘p gaplar paydo bo‘lgandi.

 

“RMS Sport” nashrining xabar berishicha, o‘shanda Neymarga “PSJ” prezidenti Nosir Al-Xelayfining gapi yoqmagan. Qatarlik tadbirkor hujumchining ketishi mumkinligini maʼlum qilgan. O‘shanda Neymar o‘zini klubda qadrlamasliklarini his qildi. Lekin u jamoada yetakchi o‘yinchi maqomini saqlab qolishga ahd qildi.

 

“PSJ”ning yangi bosh murabbiyi Kristof Galtiyer darhol futbolchi haqidagi fikrlari aytib o‘tdi:

 

“Neymar - jahon darajasidagi futbolchi. Qaysi murabbiy o‘z jamoasida shunday futbolchi bo‘lishini istamaydi? Men undan nimani xohlayotganimni aniq bilaman va u biz bilan qolishiga ishonchim komil. Biz eng yaxshi hujumchiga ega bo‘lishni xohlaymiz”.

 

Keyinroq futbolchining o‘zi ham poytaxt klubida qolish istagi borligini maʼlum qildi:

 

“Men “PSJ”da qolmoqchiman. Klubda hech kim kelajagim haqida bir narsa demadi. Jamoa nima istayotganini bilmayman, lekin men qolishni xohlayman”.

 

Yozdagi tanqidlar braziliyalik futbolchining motivatsiyasini oshirdi. Uning dastlabki o‘yinlardagi harakatlari shunday xulosaga kelishga undamoqda. Neymar har bir o‘yinda gol urib kelyapti.

 

“Nant” bilan Fransiya Superkubogi uchun o‘yinda Neymar ikki bor gol urdi. Liga 1 1-turidan o‘rin olgan “Klermont” bilan o‘yinda (5:0) hujumchi “gol+pas” tizimi bo‘yicha 4 (1+3) ochkoni qo‘lga kiritdi.

 

2-turda “Monpele” bilan o‘yinda (5:2) Neymar yana dubl qayd etdi. Bu safar u penaltini golga aylantirdi, keyin esa boshi bilan gol urdi.

 

3-tur doirasidagi “Lill” bilan o‘yinda (7:1) braziliyalik raqib darvozasiga ikki marta to‘p kiritdi. Yana uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Shunday qilib, dastlabki to‘rtta o‘yinda Neymar ajoyib statistikani qayd etdi. Yetti gol va oltita golli uzatma. “PSJ” hujumchisi chempionatda allaqachon beshta gol urdi. Bu Yevropaning top-ligalaridagi barcha futbolchilar orasida eng yaxshi natijadir. Shu bilan birga Neymar yuqori samaradorlikni namoyish etmoqda. U har o‘yinda uch marta zarba bergan.

 

“WhoScored” platformasi maʼlumotlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi har bir o‘yindagi asosiy uzatmalar soni (4,7) bo‘yicha “PSJ”da yetakchi bo‘lib turibdi.

 

Neymar ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha nafaqat jamoada, balki Yevropaning barcha yetakchi ligalarida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Neymarda barchasi aʼlo | Zamon.uz