Antuan Grizman “Barsa”ga qaytadimi?
Futbolchi ayni damda “Atletiko”da ijara asosida o‘ynamoqda.

“Atletiko Madrid” hujumchisi Antuan Grizmann o‘tgan mavsumda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. U La Liganing 26 o‘yinida bor-yo‘g‘i 3 ta gol urdi va oxirgi o‘yinini 2021 yilning noyabrida o‘tkazdi. Fransiyalik futbolchi ushbu chempionat boshidayoq uzoq davom etgan muvaffaqiyatsiz seriyasini yakunladi. 15 avgust kuni hujumchi “Xetafe” darvozasini ishg‘ol qildi.
Sobiq yulduz maqomini tiklash yo‘lida birinchi qadamni tashladi. Ammo Antuanning bu mavsumdagi taqdiriga havas qilib bo‘lmaydi. Grizmanning asosiy muammosi – “Atletiko Madrid” uni “Barselona”dan ijaraga olgan shartlardir.
"Atletiko” yozda Grizmanni “Barselona”ga qaytarmagani ajablanarli bo‘lib tuyildi. Agar ijara yana bir mavsumga uzaytirilsa, kelajakda klub futbolchini sotib olish uchun “Barsa”ga 40 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.
O‘tgan mavsum ikkinchi yarmida Antuanning ishlari umuman yurishmadi. U faqat uchinchi divizion klubi “Rayo Majadaxonda”ga, Ispaniya Kubogi doirasida “Xetafe”ga hamda shu mavsumning ochilish o‘yinida to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda “Atletiko” Grizmanni “Barsa”ga qaytarishni xohlamayapti.
“Mundo Deportivo” nashri futbolchining ijara shartnomasi tafsilotlariga oydinlik kiritdi. Agar hujumchi Madrid klubining 50 % o‘yinlarida ishtirok etsa, joriy mavsum oxirida “Atletiko” kataloniyaliklarga 40 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.
Tabiiyki, poytaxt klubi Grizman uchun buncha ko‘p pul to‘lamoqchi emas. Sababi bu futbolchining o‘yini bilan bog‘liq. Grizman mart oyida 32 yoshga to‘ladi. Bu esa uning faoliyati pastga qarab ketishini ko‘rsatadi. La Liganing birinchi turidagi gol hozircha hech narsani anglatmaydi.
Antuan 2022 yilda olti oydan ortiq davom etgan dahshatli golsiz seriyasini unutishi uchun hali ko‘p yo‘lni bosib o‘tishi kerak.
“Atletiko Madrid”ning boshqa hujumchilari Alvaro Morata, Matey Kunya, Joau Feliks va Anxel Korrea bir vaqtning o‘zida to‘satdan jarohat olishmasa, hujumchi o‘yinining o‘sish suratiga ishonish qiyin.
“Atletiko” boshqalarning ehtiyojlaridan qatʼi nazar, o‘z manfaatlari yo‘lida harakat qiladi. Klubning moliyaviy ahvoli unchalik yaxshi emas. Yozda “Atletiko” transfer bozorida katta yurishlar qilmadi.
Jamoa Krishtianu Ronalduni qo‘lga kirita olmadi, garchi Diyego Simeone, portugaliyalik futbolchi bilan ishlashni juda xohlagan.
Klub yangi o‘yinchilarni sotib olish haqida emas, balki mavjud futbolchilarning maoshlarini qisqartirish haqida o‘ylamoqda. “Goal.com” nashrining xabariga ko‘ra, rahbariyat Grizmann, Tomas Lemar, Yan Oblak, Koke va Joau Feliks bilan maoshlarni ixtiyoriy ravishda qisqartirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Hali masala hal etilmagan, ammo Madrid jamoasida moliyaviy holat bilan bog‘liq muammolar mavjud.
“Barsa” “Atletiko” ataylab Grizmanning o‘yinlarining sonini oshirmayotganiga ishonmoqda. Bu holat Antuan keyingi yozda hech qanday sabablarsiz Kataloniyaga qaytishidan dalolat beradi. Yoki “Atletiko” 40 million yevrodan kamroq pul evaziga hujumchini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borishi mumkin. Fransiyalik futbolchining narxi o‘tgan mavsumda Transfermarkt portalida 60 million yevrodan 30 million yevroga tushib ketdi.







