Futbolchi Isak “Nyukasl”da
U Ispan klubini tark etdi.

“Nyukasl” “Real Sosedad” hujumchisi Aleksandr Isak bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar qildi.
Kelishuv summasi oshkor etilmagan, biroq avvalroq OAV inglizlar 22 yoshli shved uchun 70 million yevro to‘lashi haqida yozgandi.
Eslatib o‘tamiz, Isak Ispan klubida 2019-yildan buyon o‘ynab kelayotgan edi. Mamlakat chempionatining so‘nggi mavsumida Aleksandr Isak 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchini 30 million yevroga baholamoqda.








