YеOII davlatlari gaz bozorlarini birlashtirmoqchi
Cho‘lpon-Ota shahrida tashkilot davlatlari bosh vazirlari shu masalani muhokama qiladi.

YеOII umumiy gaz bozorini yaratish niyatida. Bu haqda "TASS" xabar berdi.
Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumatlararo kengashi yig‘ilishida juma kuni ushbu masala ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari, kun tartibidan elektron savdoga soliq solish, ittifoq alkogol bozorini tartibga solish masalalari ham o‘rin olgan. Shu bilan birga Yevroosiyo sug‘urta kompaniyasini tuzish to‘g‘risida hujjat imzolanadi.
Shuningdek, bugun O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov yig‘ilishda mehmon sifatida ishtirok etadi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev YеOII anjumanida nutq so‘zlagandi.







