Ronaldu “Napoli”ga o‘tmaydi
Bu haqda u bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan jurnalist maʼlum qildi.

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan jurnalist Edu Agirre uning “Napoli”ga o‘tishi haqidagi mish-mishlardan so‘ng portugaliyalikning kelajagi haqida gapirdi.
“Ronaldu “Napoli”ga o‘tmaydi”,— dedi Agirre o‘z postida.
Eslatib o‘tamiz, joriy transfer oynasi vaqtida Ronaldu Yevropaning bir qator klublari bilan bog‘langan edi. Taʼkidlanishicha, Chempionlar ligasida ishtirok etmasligi sabab Krishtianu jamoani tark etmoqchi. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi Lutsiano Spaletti qo‘l ostidagi “Napoli” klubiga o‘tishi mumkin.
Ronalduning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 30 million yevroga baholamoqda. Futbolchi APLning joriy mavsumida klub safida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi.







