Erling Holand “Siti” bilan qanday rekordlarni yangiladi?
U mavsum boshidan beri 10 ta gol urdi.

Ayni damda Yevropada kuchli beshlik chempionatlari qizg‘in pallaga kirmoqda. Jamoalar o‘zlarining dastlabki ochkolarini to‘plashga kirishib ketishgan. Norvegiyalik Erling Holandning chempionatdagi o‘yini ko‘pchilik ishqibozlarning diqqat markazida turgani bilan ahamiyatli.
Hozirgacha hujumchi beshta o‘yinda raqiblar darvozasiga to‘qqizta gol urdi. Mana shu vaqt ichida esa bir nechta rekordlarni yangilashga ham muvaffaq bo‘ldi.
Angliya Premyer-ligasining dastlabki turlarida faqatgina Serxio Aguyero “Siti” safida beshta turda sakkizta gol urishga erishgan. Holand chempionat davomida ketma-ket ikkita xet-trik qayd etib, yuqori darajaga ko‘tarilib oldi.
Premyer-ligada esa olti nafar futbolchi buni uddalashgan. Bular Terri Anri, Uyeyn Runi, Ferdinand, Dide Drogba, Yan Rayt va Harry Keyn.
2022-yilda faqatgina Ronaldu APLda ikkita xet-trik qayd etgan. Bular o‘tgan mavsumda “Norvich” va “Tottenhem”ga qarshi o‘yinlarda urilgan gollardir.
Shuningdek, hozirda Erling Premyer-ligadagi aksariyat klublarga qaraganda sermahsulroq o‘yin ko‘rsatmoqda. Sababi besh turda musobaqaning 15 ta jamoasi hujumchidan kamroq gol urgan.
Erling to‘pga 105 marta (har bir golga o‘rtacha 12 marta) tegib, beshta turda to‘qqizta gol urdi. “Opta” nashrining xabariga ko‘ra, 2003/2004-yilgi mavsumdan beri hech kim bunday natija ko‘rsatmagan.
Biroq, u Suaresning bir oy ichida gol urish bo‘yicha rekordini yangilay olmadi. Erlingning barcha to‘qqizta goli 2022-yil avgust oyiga to‘g‘ri keldi. Premer-ligada bir oy ichida faqat Luis Suares ko‘proq gol urdi: u 2013-yilning dekabr oyida 10 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.








