Kobuldagi terakt oqibatida Rossiya elchixonasining ikki xodimi halok bo‘ldi
Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi konsullik bo‘limiga kirish yaqinida nomaʼlum jangari portlovchi uskunani harakatga keltirgan.

Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi oldida ro‘y bergan terakt oqibatida Rossiya diplomatik missiyasining ikki nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 5 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:50 da Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi konsullik bo‘limiga kirish yaqinida nomaʼlum jangari portlovchi uskunani harakatga keltirgan.
“Hujum oqibatida diplomatik missiyasining ikki nafar xodimi halok bo‘ldi, Afg‘oniston fuqarolari orasida ham jabrlanganlar bor”, — deyiladi xabarda.
Rossiya TIV elchixona surishtiruv olib borayotgan Afg‘oniston xavfsizlik xizmati bilan yaqin aloqada ekanini qayd etgan.







