Sport

“Barsa”da yana tartib-intizom kuchaytirilmoqda

Klub bugun Chempionlar ligasida maydonga tushadi.

“Barsa”da yana tartib-intizom kuchaytirilmoqda

 

“Barselona” yangi mavsumni yaxshi boshladi. Kataloniyaliklar chempionatning dastlabki to‘rt turida uchta g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hamda hozirda “Real Madrid”dan keyin turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasini band etib turibdi. Shu bilan birga, klub futbolchilar uchun belgilagan qoidalar ro‘yxatini yangiladi.

 

2021 yilning noyabrida “Barselona”ning sobiq futbolchisi Xavi jamoa bosh murabbiyi lavozimini egalladi. Mutaxassis darhol futbolchilardan mashg‘ulotlarda to‘g‘ri ishlashni talab qildi. Biroz vaqt o‘tgach, murabbiy barcha jamoa aʼzolari rioya qilishlari kerak bo‘lgan bir nechta muhim qoidalarni maʼlum qildi:

 

1-  O‘yinchilar mashg‘ulotlar boshlanishidan 90 daqiqa oldin kelishi kerak.

2-  Xodimlar mashg‘ulot boshlanishidan ikki soat oldin ishda bo‘lishi lozim.

3-  Futbolchilar klub bazasida ovqatlanishlari shart.

4-  Jarima tizimining qaytarilishi.

5-  Qoidalarni takroran buzganlik uchun jarimalar ikki baravar oshiriladi.

6-  Futbolchilar mashg‘ulotlarda bor kuchlarini berishlari kerak.

7- O‘yinchilarning maydon tashqarisidagi faoliyatini nazorat qilish. Shahardan uzoqqa borish uchun bosh murabbiyning ruxsati kerak.

8-  Serfing kabi xavfli faoliyatni taqiqlash.

9-  Futbolchilardan klubning ijobiy imidjini saqlab qolish talab etiladi. Hech qanday janjallarga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Xavi darrov o‘zini qattiqqo‘l murabbiy sifatida ko‘rsatdi. Uning tashabbusi bilan jismoniy tarbiya bo‘yicha murabbiy va fizioterapevt ishdan bo‘shatildi. Sababi klubda jarohatlar juda ham ko‘payib ketgandi. Futbolchilarga jamoaviy tadbirlarda, har xil o‘yinlarda hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi.

 

O‘yinchilarga brend, xodimlar yoki klub ichidagi har qanday shaxsning obro‘siga putur etkazadigan fotosuratlarni tarmoqlarga joylashtirish yoki fikr bildirish man etiladi. Agar futbolchi mashg‘ulotni o‘tkazib yuboradigan bo‘lsa, unga ogohlantirish beriladi. Uchinchi ogohlantirish ish haqini qisqartirishga olib keladi. Bundan tashqari, futbolchilarga chang‘i, alpinizm, mototsikl haydash kabi ekstremal sport turlari bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. Bularning barchasi shikastlanish xavfini oshiradi.

 

"Barselona”ning avvalgi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu yulduz futbolchilarga yon bosib, ularning shartnomalarida katta miqdorda bonuslar belgilab qo‘ygandi. Joan Laportaning kelishi bilan vaziyat o‘zgardi va klub boshqa yo‘nalishdan ketmoqda. Yaqinda hujumchi Robert Levandovskining 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi haqida maʼlumot paydo bo‘ldi. “Marca” nashri bergan xabarga ko‘ra, agar polyak uchinchi mavsumda o‘yinlarning 55 foizida qatnasha olmasa, “Barselona” rahbariyati 2025 yilda shartnomani bekor qilishi mumkin. Bu orada Levandovski to‘rtta o‘yinda beshta gol urdi. Bugun esa uning yangi jamoasi Chexiyaning “Viktoriya” jamoasi bilan Chempionlar ligasidagi ilk o‘yinda maydonga tushadi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Barsa”da yana tartib-intizom kuchaytirilmoqda | Zamon.uz