Tuxel “Chelsi”dan nima uchun ketdi?
London klubi kecha Chempionlar ligasida mag‘lubiyatga uchradi.

Bugun rasman “Chelsi” murabbiyi lavozimidan ozod etildi. Albatta, klub mavsum boshidan beri muvaffaqiyatsiz o‘yinlar ko‘rsatayotgan edi. Biroq, Tuxelning pozitsiyasi mustahkamdek tuyulgandi. Insayderlarning hech biri murabbiyning isteʼfosi haqida maʼlumot bermagandi. Murabbiy qo‘l ostida jamoa bir yarim yil ichida Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olibiga aylandi. Bundan tashqari, Tuxel boshqaruvi davrida londonliklar uchta finalda ishtirok etdi.
Germaniyalik murabbiy Premyer-ligadagi eng yaxshi uch murabbiydan biri edi. Buni o‘tgan mavsumdagi natijalarga qarab ham aytish mumkin. Masalan, Fernandinyo Gvardiola, Klopp va Tuxel bir-biridan o‘rganadigan va raqobat orqali rivojlanadigan ajoyib murabbiylar ekanligini taʼkidladi.
“Chelsi” bu yozda bir qancha transferlarga qo‘l urdi. Biroq, ayni damda ularning ko‘pi muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqmoqda. Jamoa bu transfer bozorida “Barsa” bilan jiddiy raqobatga kirishdi. Ammo, bir qancha futbolchilarini kataloniyaliklarga sotishga majbur bo‘ldi.
Tuxel bilan bog‘liq baʼzi narsalar noto‘g‘ri ketdi. Biroq, bu faqat mavsumning yomon boshlanishi bilan bog‘liq emas. Nemis murabbiyi “Chelsi”ni roppa-rosa 100 ta o‘yinda boshqargani ham ramziy maʼnoga ega. Jamoa dastlabki 50 ta o‘yinda 24 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, keyingi 50 ta o‘yinda 53 ta gol o‘tkazib yubordi. Bu “Chelsi”ning inqirozi faqat oxirgi oyda bo‘lmaganini ko‘rsatadi.
Futbolchilarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, oxirgi paytlarda Tuxel qo‘l ostida kimning o‘yini o‘sganini aytish qiyin. To‘g‘rirog‘i, Tiago Silva yoki Chilvell maydonga tushganlarida o‘zlarining yuqori darajadagi saviyasini saqlab qolishdi deyish mumkin. Qolaversa, tan olish kerak, Tuxel so‘nggi oylarda asabiy ko‘rindi. Mavsum oldidan depressiv holatlar, Konte bilan bog‘liq diskvalifikatsiya va hatto o‘yinchilarning o‘yinlarga asabiy munosabati. Umuman olganda, Kante, Jorginyo va Kovachich kabi futbolchilar o‘zining eng yuqori darajasida o‘yin ko‘rsatmayapti. Tuxel esa o‘zining xarakteri va g‘azabi bilan vaziyatni yana-da keskinlashtirdi.
Murabbiy o‘z natijalari bilan qiyin pallada rahbariyatning ishonchiga sazovor bo‘ldi. Sababi, o‘tgan yili klubning avvalgi egasi Roman Abramovich sanksiyalarga uchragan edi. O‘sha davrda ham Tuxel jamoani birlashtira oldi. Sanksiyalar oqibatida jamoadan Abramovichdan tashqari, Granovskaya va jamoaning sport direktori Petr Chex ketdi. Ular qatorida shuningdek, klubda 20 yil direktorlar kengashi raisi bo‘lgan Bryus Bak ham bor. U asosan transferlar bilan shug‘ullangan. Amerikalik Bryus Los-Anjelesda beysbol va basketbol jamoalariga ham egalik qiladi.
Bouli transferlarda bosh murabbiy fikriga tayanishini aytgan. Chunki, futbolchilar bilan ishlash murabbiyning ixtiyorida.
Biroq murabbiy yozda yangi futbolchilar bilan muzokara olib bora olmadi. Yangi xo‘jayin muzokaralar o‘tkazish uchun shaxsan o‘zi Barselonaga jo‘nab ketdi. “Chelsi” “Barsa”da o‘ynaydigan Dembele, Rafinya va Kundeni sotib olmoqchi edi. Lekin, bu jamoa uchun ijobiy hal etilmadi.
Natijada, “Chelsi”da transferlarda so‘ng, maoshlarda ham muammolar yuzaga keldi. Bu esa natijalarda ham yaqqol namoyon bo‘ldi. O‘yinchilarning o‘yinga qay darajada tayyorlangani haqida maʼlumot berilmadi. Masalan, Fofana 31 avgust kuni “Chelsi”ga o‘tdi. Kulibali va Kukurella ham jamoaning yig‘inlarida qatnasha olmadi. Shuningdek, klubda himoya chizig‘i ancha kuchsizlashganini ko‘rishimiz mumkin.
Demak, yangi xo‘jayinning o‘zi murabbiyni shunday sharoitga solib qo‘ygan. Bundan tashqari futbolchilar ham uning faoliyatiga salbiy taʼsir qilgan.







