MDH ichki ishlar vazirlari Qirg‘izistonda yig‘ildi
Uchrashuvda Po‘lat Bobojonov ham ishtirok etmoqda.

Qirg‘izistonda MDH davlatlari IIV rahbarlari uchrashuvi boshlandi. Yig‘ilish Cho‘lpon-Otada bo‘lib o‘tmoqda.
Tomonlar ekstremizm, kiberjinoyatchilik, narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash masalalarini muhokama qiladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston ichki ishlar vazirlari, Tojikiston IIV rahbari o‘rinbosari, shuningdek, Turkmanistonning Qirg‘izistondagi elchisi ishtirok etmoqda.
Ularni Sadir Japarov qabul qilgan. U MDH davlatlarining butun Yevroosiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikdagi o‘rni kattaligini qayd etgan.







