Sport

“Chelsi”dagi faoliyatim yakunlanganidan xafaman — Tuxel

Tomas Tuxel sobiq jamoasi haqida post qoldirdi.

“Chelsi”dagi faoliyatim yakunlanganidan xafaman — Tuxel

 

Germaniyalik Tomas Tuxel 7-sentabr kuni ertalab “Chelsi” bosh murabbiyligidan bo‘shatildi. Shundan bir qancha vaqt o‘tibgina u omma oldida bayonot berdi. Nemis murabbiyi hech qaysi jurnalistga intervyu bermagan va ularning savollarini ham javobsiz qoldirgan. U shunchaki Twitterdagi sahifasiga bu haqda post qoldirdi. 

 

“Bu men yozishim kerak bo‘lgan eng qiyin bayonotlardan biri. Biroq bu haqda yozaman deb hech o‘ylamagandim. “Chelsi”dagi faoliyatim yakunlanganidan xafaman. Bu klub men uchun o‘zimning shaxsiy uyimdek bo‘lib qolgandi.  Jamoada meni a’lo darajada kutib olishgani uchun xodimlar, futbolchilar va muxlislarga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Klubga Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozonishiga yordam berganimdan juda xursandman. Buni umuman unutib bo‘lmaydi. Klub tarixining bir qismi bo‘lganimdan faxrlanaman. O‘tgan 19 oylik xotiralar men uchun alohida o‘rin tutadi”.

 

Qizig‘i shundaki, Tuxel o‘zining Twitteridan kam foydalanadi. “Chelsi”da ishlagan vaqtida murabbiy sahifasiga birorta ham post yozmagan. Oxirgi xabar ikki yildan ko‘proq vaqt oldin qoldirilgan. 2020-yil aprel oyida u o‘z tarjimayi holi yozilgan kitob haqida gapirgandi. 

 

Yangi post minglab sharhlar va layklarni to‘pladi. “Chelsi” muxlislari nemis futbolchisiga jamoadagi ushbu 19 oy uchun minnatdorchilik bildirishdi. Bildirilgan fikr va izohlarda ham iste’fo naqadar kutilmagan bo‘lganini ko‘ramiz. 


Ammo bayonotdagi eng qiziq narsa qarorni Tuxel samimiy qabul qilganidir. U xodimlar, futbolchilar va muxlislarga alohida rahmat aytgan. 


Murabbiy klub rahbariyati haqida hech qanday fikr bildirmagan. Sababi, rahbariyatni tanqid qilgani uchun jarimaga tortilishi mumkin. Hozircha uning shartnomasi rasman bekor qilinmagan, bu esa Tuxelga klubdagi ichki tafsilotlarni oshkor qilish huquqini bermaydi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Chelsi”dagi faoliyatim yakunlanganidan xafaman — Tuxel | Zamon.uz